Leon (Nikaragua)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leon Catedral Techo 4.jpg

Leon — Nikaraguaning gʻarbiy qismidagi shahar. Leon departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 171,3 ming kishi (1995). Mamlakatning yirik savdo va muhim madaniyat markazi. Temir yoʻl tuguni. Oziq-ovqat (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash) sanoati korxonalari, mebel f-kasi mavjud. Qishloq xoʻjaligi rayonining (paxta, shakarqamish, chorvachilik mahsulotlari) savdo markazi. Milliy universitet (1812) bor. Shaharga 1524 yilda asos solingan. 1609 yildagi zilziladan vayron boʻlgan. 1857 yilgacha mamlakat poytaxti edi. Tarixiy meʼmoriy obidalar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil