Leomie Anderson
| Leomie Anderson | |
|---|---|
|
Anderson 2018-yilda | |
| Tavalludi |
Leomie Jasmin Francis Anderson 15-fevral 1993-yil Janubiy London, Angliya |
| Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
| Kasbi | Model |
| Faoliyat yillari | 2010–hozirgacha |
| Modellik | |
| Boʻyi | 5 ft 10 1⁄2 in (1.79 m) |
| Soch rangi | qora |
| Koʻz rangi | jigarrang |
| Agentlik |
|
| Veb-sayti | lappthebrand.com |
Leomie Jasmin Francis Anderson (1993-yil 14-fevralda tugʻilgan) – britaniyalik model, teleboshlovchi va faol. 2015-yildan 2018-yilgacha ketma-ket toʻrtta Victoriaʼs Secret moda koʻrgazmalarida qatnashgan va 2019 yilda „Victoriaʼs Secret Angel“ga aylandi. 2020-yilda Forbes jurnalining „30 yoshgacha – sanʼat va madaniyat“ yoʻnalishidagi roʻyxatiga kiritilgan[2].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anderson asli Londonning Wandsworth tumanidan boʻlib, ajdodlari orasida yamaykaliklar boʻlgan. 14 yoshida model sifatida kashf etilgan va model sifatida oʻzining faoliyatini boshlagan[3]. Anderson dastlab moda jurnalisti boʻlishni xohlagan. 17 yoshida Marc Jacobs uni podium koʻrgazmasiga taklif qilgan va u dizaynerning sevimli modellari qatoriga kirishga muvaffaq boʻlgan[4][5][6].
2011-yilda Anderson Channel 4 telekanalining „The Model Agency“ nomli realiti-shousida ishtirok etgan[7].
Anderson Giorgio Armani, Burberry, Chloé, Fenty Puma, Tom Ford, Tommy Hilfiger, Calvin Klein, Ralf Lauren, Moschino, Oscar de la Renta, Jeremy Scott, Temperley, Vivienne Westwood kabi brendlar uchun moda koʻrgazmalarida ishtirok etgan[7][5][6]. 2017-yilda Rihanna asos solgan Fenty Beauty brendi ilk bor taqdim etilganida, Anderson ushbu brend yuzlaridan biriga aylangan[8]. Uning reklama loyihalariga Pat McGrathning kosmetika liniyasi, Uniqlo, Topshop va Jones New York ham kiradi[5].
2015-yilda Anderson uchinchi tanlovdan soʻng Victoriaʼs Secret modalar shousida ishtirok etishi uchun tanlab olingan va keyingi 4 yil davomida ushbu koʻrgazmada qatnashgan[9][10]. 2019-yil aprel oyida model Victoriaʼs Secret brendi tarixi davomida oltinchi qora tanli va ilk britaniyalik qora tanli model sifatida „Victoriaʼs Secret Angel“ maqomiga ega boʻlgan[4][11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Leomie Anderson - Model“. Models.com. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Sternlicht. „The 2020 Forbes Under 30 Europe Art & Culture Honorees Are Creatives Expanding Representation In Fashion, Art And Food“. Forbes (2020-yil 17-mart). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Rutherford, Chrissy (2019-04-04). „Leomie Anderson Is The Newest Victoria's Secret Angel“. Harper's Bazaar. Qaraldi: 2021-05-25.
- ↑ 4,0 4,1 Harrison. „Model Leomie Anderson on Reinventing Her Athleisure Brand, LAPP“. hypebae.com. Hypebeast Hong Kong (2021-yil 12-fevral). Qaraldi: 2021-yil 25-may.Harrison, Tiffany (2021-02-12).
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Soo Hoo. „How Leomie Anderson Went From Teen Model To Activist And Media Entrepreneur“. Fashionista (2018-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-may.Soo Hoo, Fawnia (2018-10-15).
- ↑ 6,0 6,1 Williams. „More Than A Model: Meet Social Activist and Entrepreneur Leomie Anderson“. Forbes (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 25-may.Williams, Tommy (2019-01-21).
- ↑ 7,0 7,1 Lloyd. „Model Leomie Anderson Talks Backstage Naps And Her 21st Birthday At London Fashion Week“. Grazia UK (2014-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 26-may.Lloyd, Kate (2014-12-04).
- ↑ Mahanty. „Collective Power: Stormzy And Friends“. Elle (2019-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Okwodu, Janelle. „How a Model Vlogger Landed on the Victoria's Secret Runway“. Vogue (2015-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
- ↑ LeSavage, Halie. „Leomie Anderson Is the Newest Victoria's Secret Angel“. Glamour (2019-yil 4-aprel). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Campbell. „Leomie Anderson and Winnie Harlow engage in real talk on new podcast“. The Voice (2021-yil 10-may). Qaraldi: 2021-yil 25-may.