Kontent qismiga oʻtish

Leo XIV

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Leo XIV
Robert Francis Prevost
Tavalludi 14-sentyabr 1955-yil (1955-09-14) (69 yosh)
Fuqaroligi AQSh[1][2], Peru[1][2] va Vatikan shahri
Otasi Louis Marius Prevost[3]
Onasi Mildred Agnes Martinez[4][3]

Rim papasi Leo XIV (Robert Francis Prevost, 1955-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) – 2025-yil 8-maydan Rim-katolik cherkovi yepiskopi, 267-Rim papasi va Vatikan davlatining suverenidir. 2023-yildan beri yepiskoplar dikasteriyasi prefekti va Lotin Amerikasi Pontifik komissiyasi prezidenti boʻlib ishlagan. 2015-yildan 2023-yilgacha Perudagi Chiclayo yepiskopi boʻlib ishlagan va 2001-yildan 2013-yilgacha Avliyo Augustin ordenining sobiq generali boʻlgan. 2015-yilda kardinal Prevost Peru milliy fuqarolik reestri tomonidan tasdiqlangan Peru fuqarosi boʻlgan. 2025-yil 8-mayda Rim papasi etib saylandi va Papa Leo XIV nomini tanlab, Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan birinchiva umuman shimoliy amerikalik birinchi Rim papasiga aylandi.

Prevost Chikagoda Avgustinianlar uchun ishlagan. 1985-yildan 1986-yilgacha va 1988-yildan 1998-yilgacha Peruda cherkov ruhoniysi, yeparxiya xodimi, seminariya oʻqituvchisi va maʼmuri boʻlib ishlagan. 2023-yilda marhum Rim papasi Francis tomonidan kardinal etib tayinlangan.

2023-yilda Rim papasi Francis Prevostni Yepiskoplar dikasteriyasining prefekti etib tayinlagan. Bu muhim lavozim uning kelajakdagi papa nomzodi sifatidagi obro‘si muhim taʼsir koʻrsatgan[5][6][7].

2025-yil 8-mayda papa Leo IV nomini olib, papa etib saylandi. AQShda tug‘ilgan, shu bilan bir qatorda Peru fuqarosi[8].

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. (unspecified title)The New York Times.
  5. „Who Could Be the Next Pope? These Are the Names to Know“. Time (2025-yil 6-may). Qaraldi: 2025-yil 6-may.
  6. „U.S. cardinal's résumé, demeanor land him on 'papabile' lists“. Angelusnews (2025-yil 30-aprel). Qaraldi: 2025-yil 6-may.
  7. „The first American pope? This cardinal has the best chance of making history in this conclave“. National Catholic Registry Online (2025-yil 30-aprel). Qaraldi: 2025-yil 6-may.
  8. „The first American pope? This cardinal has the best chance of making history in this conclave“. National Catholic Registry Online (2025-yil 30-aprel). Qaraldi: 2025-yil 6-may.