Lemb Uillis Yudjin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LEMB (Lamb) Uillis Yudjin (1913.12.7, Los-Anjeles) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1954 yildan). Kaliforniya universitetini tugatgan (1934). AQSH ning Kolumbiya va boshqa universitetlari prof. (1948 yildan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant elektronika va tezlatkichlar texnikasi, mikrotoʻlqin spektroskopiyasiga oid. Shuningdek, vodorod atomi energetik sathining siljishini tajribada aniklagan (1947), gaz lazeri nazariyasini ishlab chiqqan (1962). Nobel mukofoti laureati (1955).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil