Legirlangan choʻyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Legirlangan choʻyan — tarkibiga maʼlum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, alyuminiy, nikel, vanadiy, titan va boshqalar) sunʼiy ravishda qoʻshilgan choʻyan. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada qoʻshiladi), kam (elementlar 3% gacha qoʻshiladi), oʻrtacha (3—10%), yuqori (10% dan yuqori) legirlangan xillarga boʻlinadi. Bundan tashkari, Legirlangan choʻyan xromli, alyu-miniyli, nikelli; konstruksion (qarang Konstruksion materiallar), antifriksion (qarang Antifriksion materiallar), korroziyabardosh (qarang Korroziyabardosh materiallar), issiqbardosh, olovbardosh, magnitmas, yeyilishga chidamli va boshqa turlari bor. Legirlangan choʻyandan silindr bloklari, porshenlar, tirsakli vallar, podshipniklar, ishqalanuvchi detallar va boshqa tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil