Lecy Goranson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lecy Goranson
Tavalludi
Alicia Linda Goranson

22-iyun 1974-yil (1974-06-22) (49 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1988-hozirgacha

Alicia Linda „Lecy“ Goranson (1974-yil 22-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 1988-yilda Roseanne (debyut) va The Conners televizion sitkomida Becky Conner rolini oʻynagan[1]. Alicia Goranson, shuningdek, How to Make an American Quilt (1996), Boys Don't Cry (1999) hamda The Extra Man (2010) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goranson Chicagoda aktrisalik boʻyicha tahsil olgan va, keyinchalik Becky Conner roli orqali mashhurlikka erishgan. U besh mavsum davomida ushbu personajni gavdalantirgan. Beshinchi mavsumda bir nechta epizodlarni ijro etgandan keyin, 1992-yilda serialni tark etgandan soʻng, Vassar kollejiga oʻqishga kirgan[2]. Aktrisaning akademik jadvali unga Becky sifatida yana qayta paydo boʻlish va obrazni tasvirlashni davom ettirish uchun imkon beradi. Yangi ssenariyga koʻra, shou produserlari va yozuvchilari Becky uchun juda kam sahnalar yozishadi. Goransonning chiqishi Beckyning sevgilisi Mark bilan qochib ketish voqeasi bilan oʻz nihoyasiga yetadi.

2017-yilning 28-aprel sanasida Roseanne teleserialining 10-mavsumi uchun doimiy aktyorlarning koʻpchiligi va baʼzi produserlarning serialga qaytishi rejalashtirilganligi eʼlon qilindi[3]. Huddi shu yilning may oyida Goransonning Becky roliga qaytishi tasdiqlandi. Chalke ham paydo boʻlib, boshqa rol oʻynaydi. Roseannening ushbu mavsumi 2018-yil 27-martda ABC telekanalida namoyish etildi[4][5][6]. 2018-yilning 29-may sanasida, Roseanne Barrning Twitter sahifasida Valerie Jarret (sobiq prezident Barack Obamaning maslahatchisi) bilan bogʻliq munozarali soʻzlari ortidan, ABC bir mavsumdan soʻng serialni efirga uzatilishi bekor qilinadi[7][8][9].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goranson Illinois shtatining Evanston shahrida atrof- muhitni muhofaza qilish agentligida ishlagan Stephen Goranson va Evanston Township oʻrta maktabida ingliz tilidan dars bergan oʻqituvchi Linda Goranson oilasida tugʻilgan[10]. Uning Adam ismli akasi bor[10]. Aktrisaing onasi 2020-yil yanvar oyida vafot etgan[11]. Goranson ilgari turmushga chiqqan, lekin haligacha farzand koʻrmagan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1995 How to Make an American Quilt yosh Hy Dodd
1999 Boys Donʼt Cry Lisa „Candace“ Lambert
2004 Death 4 Told Joyce Segment: „The Psychic“
2005 Love, Ludlow Myra
2007 Perfect Dress, TheThe Perfect Dress Candace Qisqa metrajli film
2010 Extra Man, TheThe Extra Man Sandra
2011 Monster Slayer Sue Qisqa metrajli film
2013 The Wood House Eleanore
2018 Hurricane Bianca 2: From Russia with Hate Angela Jo

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1988—2018 Roseanne Becky Conner 120ta epizod
2004 Sex and the City Amber Epizod: „An American Girl in Paris, Part Deux“
2004 Law & Order: Special Victims Unit Rosalin Silvo Epizod: „Poison“
2009 Fringe Tatuirovkali qiz Epizod: „Inner Child“
2011 Naked in a Fishbowl Blossom Barney Epizod: „Blossom Barney Crystal Healer“
2012 Damages Sally Epizod: „Somethingʻs Wrong With Me“
2015 Co-operation Bonnie 2ta epizod
2016 Inside Amy Schumer Amy #3 Epizod: „Psychopath Test“
2018—2022 The Conners Becky Conner 68ta epizod

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Owen, Rob. Gen X TV: The Brady Bunch to Melrose Place. Syracuse University Press, 1-mart 1999-yil — 45– bet. ISBN 9780815605850. 29-iyun 2012-yilda qaraldi. 
  2. Raftery, Liz. „Original Becky from Roseanne Never Watched the Finale“. TV Guide (13-avgust 2013-yil). Qaraldi: 14-avgust 2015-yil.
  3. „'Roseanne' revival may be in the works“ (inglizcha). USA Today. Qaraldi: 28-aprel 2017-yil.
  4. Otterson. „'Roseanne' Revival Lands at ABC“. Variety (16-may 2017-yil). Qaraldi: 16-may 2017-yil.
  5. Stanhope. „'Roseanne' Revival Officially a Go at ABC“. The Hollywood Reporter (16-may 2017-yil). Qaraldi: 16-may 2017-yil.
  6. Otterson. „'Roseanne' Revival Lands at ABC“. Variety (16-may 2017-yil). Qaraldi: 16-may 2017-yil.
  7. Pallotta, Frank; Stelter, Brian. „ABC cancels 'Roseanne' after star's Twitter comments“. CNN Money (29-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2018-yil.
  8. Park, Andrea. „ABC cancels "Roseanne" after Barr's tweet“. CBS News. CBS Interactive (29-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2018-yil.
  9. Chandelis R. Duster. „ABC cancels "Roseanne" after show's star compared Obama adviser to 'ape'“. NBC News. NBCUniversal Media, LLC (29-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2018-yil.
  10. 10,0 10,1 Galloway. „Success from Roseanne Hasn't Changed the Fabric of Lecy Goranson's Life“ (3-mart 1991-yil). Qaraldi: 1-aprel 2016-yil.
  11. Bahr, Sarah. „The Conners Return to Confront the Coronavirus“ (inglizcha). The New York Times (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]