Kontent qismiga oʻtish

Le mythe de Sisyphe

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Myth of Sisyphus
Asosiy maʼlumotlar
Janr ekzistensializm,
absurdizm
Muallif Albert Camus
Orginal tili fransuzcha
Yozilgan sana 1942-yil
Nashriyot Éditions Gallimard

Le mythe de Sisyphe (tarjimasi „Sizif haqida asotir) – Albert Camus tomonidan 1942-yilda yozilgan falsafiy asar. Søren Kierkegaard, Arthur Schopenhauer va Friedrich Nietzsche kabi faylasuflarning taʼsiri ostida, Camus oʻzining absurd falsafasini taqdim etadi. Absurd insonning hayotga ma’no berishga bo‘lgan ehtiyoji bilan koinotning bunga javoban hech qanday mantiqli javob bermasligi o‘rtasidagi tafovutda yuzaga keladi.[1]. Camus absurdni anglash oʻz joniga qasd qilishni oqlamasligini, aksincha, „isyon“ni talab etishini taʼkidlaydi. Keyin u absurd hayotga nisbatan bir nechta yondashuvlarni bayon qiladi. Soʻnggi bobda Camus inson hayotining bemaʼniligini yunon mifologiyasidagi Sizif obrazi orqali koʻrsatib beradi. Sizif abadiy ravishda bir xil, maʼnosiz vazifani bajarishga mahkum etilgan edi: u togʻga shar shaklidagi toshni dumalatib chiqarardi, ammo tosh choʻqqiga yaqinlashganda yana pastga dumalab tushardi. Camus insonning hayotini aynan shu holatga oʻxshatadi. Esse shunday xulosa bilan yakunlanadi: „Choʻqqilar sari intilishning oʻzi inson qalbini toʻldirish uchun yetarlidir. Sizifni baxtli deb tasavvur qilishimiz lozim“.

Camusning ushbu asarini boshqa absurdistik asarlari bilan oʻzaro bogʻliq deb xulosaga kelish mumkin. Xususan, uning „Begona“ romani (1942), „Le Malentendu“ (1942) va „Caligula“ (1944) pyesalari va ayniqsa „L'Homme révolté“ (1951) nomli essesida shu kabi gʻoyalar tatbiq etilgan.

Camus 1940-yilda, Fransiya mag‘lubiyati davrida, millionlab qochqinlar ilgarilab kelayotgan nemis qoʻshinlaridan qochayotgan paytda, bu asarni yozishni boshlagan. Esseda deyarli ushbu voqeaga ishora qilinmasa-da, Robert Zaretskiy bu voqea uning absurd haqidagi gʻoyalarini keltirib chiqarganini taʼkidlaydi. U oddiy voqea ham, nemis bosqini kabi shiddatli hodisa ham odamlarni „nima uchun?“ deb soʻrashga undashini taʼkidlaydi[2]. Mazkur esse 1942-yilda fransuz tilida chop etilgan.

Justin O'Brien asarni ingliz tiliga tarjima qilib, 1955-yilda nashr ettirgan. Ushbu nusxaga Camus 1955-yilda Parijda yozgan soʻzboshi ham kiritilgan. Bu yerda muallif shunday taʼkidlaydi: „Hatto kishi Xudoga ishonmasa ham, oʻz joniga qasd qilish toʻgʻri emas“[3].

  1. Kuiper, Kathleen „The Myth of Sisyphus“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  2. Zaretsky, Robert (2013). A life worth living: Albert Camus and the quest for meaning. Cambridge, Massachusetts. ISBN 978-0-674-72837-0. OCLC 862746155, cited in Robert Kirsch, Adam (20 October 2013). "Why Albert Camus Remains Controversial". The Daily Beast. Retrieved 29 November 2019.
  3. Camus, Albert. The Myth of Sisyphus and Other Essays. New York: Alfred A. Knopf, 1955 — 123-bet. ISBN 0-679-73373-6.