Lavr Kornilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lavr Georgiyevich Kornilov (1870–1918) — rus harbiy arbobi, infanteriya generali (1917). Turkiston harbiy okrugi shtabining razvedka boʻlimida xizmatqilgan (1899–1903). 1917 yil Rossiyada armiya, front qoʻmondoni, iyul—avgust oylarida esa Oliy bosh qoʻmondon. Front ichkarisi va temir yo'llarni harbiylashtirish bilan Rossiyadagi ahvolni (soʻl radikal partiyalar mavqeini kuchayishi bilan bogʻliq) bir maromga keltirishni nazarda tutgan dasturni olgʻa surgan. Butun davlat hokimiyatini oʻziga tinch yoʻl bilan oʻtkazish haqida K.F.Kerenskiy bilan muzokaralar olib borgan. Qatʼiy harbiy rejim oʻrnatilishi boʻyicha 24 avgustda bir qator harbiy tadbirlarni amalga oshirgan. 27 avgustda qoʻmondonlikdan chetlatilgan, farmonga boʻysunishdan bosh tortgach, isyonchi deb eʼlon qilingan va tez orada qamoqqa olingan. Fuqarolar urushi davrida Koʻngillshshr armiyasi tashqilotchilaridan biri va bosh qoʻmondon (1917 yil noyabr – 1918 yil aprel). Yekaterinodar (hozirgi Krasnodar) yonidagi jangda oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil