Lavinia Maijer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lavinia Meijer

Lavinia Meijer
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 12-fevral 1983
Fuqaroligi Kingdom of the Netherlands
Janr Classical
Veb-sayt laviniameijer.com

Lavinia Meijer (1983-yil 12-fevralda tugʻilgan) — Janubiy Koreyada tugʻilgan gollandiyalik arfa ijrochisi[1]. Uning kontsertlaridan asosiy hisoblangan ijod namunalaridan biri, New-Yorkdagi Carnegie Hallda yakkaxon arfa kechasidagi mahoratli ijrosi aytish mumkin.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Koreyada tugʻilgan, u (akasi bilan birga) ikki yoshida Gollandiyalik bir oila tomonidan asrab olingan. Uning asrab oluvchi otasi va onasi mos ravishda golland va avstriyalik boʻlgan edi. U 9 yoshida arfa chalishni boshlagan[2]. Meijer 11 yoshida Erika Waardenburg tomonidan Utrecht konservatoriyasining „Yosh isteʼdod“ dasturiga oʻqishga qabul qilinadi. U 2003-yilda Utrecht konservatoriyasini laude bilan tamomlagan va 2005-yilda Amsterdam konservatoriyasida musiqa boʻyicha magistrlik darajasini (shuningdek, oliy oʻquv yurtida ham taʼlim olgan edi) olish erishgan. 

Faoliyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meijer Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada konsert berish ulgirgan. U Rezidentie Orkest, Radio Simfonik Orkestri, Radio Kamera Orkestri va Isroil Filarmonik Orkestri kabi orkestrlarda solist sifatida ijro etib kelgan. U Grachtenfestival Amsterdam, Shlezvig-Golshteyn musiqa festivali va bir qator Jahon arfa kongresslari kabi festivallarda alfa ijro etish uchun taklif qilinadi. Meijer, shuningdek, turli orkestrlarning, jumladan, Residentie Orkest va Koninklijk Concertgebouworkestning doimiy oʻrnini bosuvchi ijrochi hisoblanadi.

Taniqli solist[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taniqli solist sifatida Meijer taniqli orkestrlar ishtirokida bir nechta radio dasturlari va telekoʻrsatuvlarida ham ishtirok eatdi[3]. U 2007-yil dekabr oyida New-Yorkdagi Carnegie Hallda debyut qildi, u yerda kechki arfa yakkaxon ijro etish uchun taklif qilingan edi.

Maxsus loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Meijer Jenufa kvarteti bilan birgalikda „Het Debuut“ serialida Gollandiya boʻylab gastrol safarini uyushtirdi. 2006-yildan 2008-yilgacha u Cologne (Filarmoniya), Amsterdam (Concertgebouw), Parij (Cité-de-la-Musique), Vena (Winer Musikverein), Birmingem (Simfoniya zalida) kontsertlari bilan „Yulduzlar koʻtarilishi“ seriyasida chiqish qildi. Afina (Symphony Hall), Brussels (Paleis voor schone kunsten), Luxembourg (Filarmoniya), Stockholm (Konserthus) va New-York (Carnegie Hall) kabi yuksak joylarga gastrol uyushtirgan holda oʻz mahoratini ochiq sahnada ijro etadi..

Laviniya Meijer 2011-yil Utrecht shahrida boʻlib oʻtgan milliy kontsertda, Niderlandiya.

CD yozuvlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Meijer Handel, Bach va Skarlatti asarlaridan iborat „1685“ nomli CD albomini ishlab chiqardi, unda Bachning „Das Wohltemperierte Klavier“ asaridan bir nechta avtotranskripsiya qilingan preludiya va fugalar ham mavjud.

Soʻnggi albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Yorliq
2016-yil „Shisha effekti“ Sony klassik
2020-yil „Tinch xor — xor musiqasining yangi ovozi“ Sony klassik
2022-yil „Siz hali ham bir joydamisiz?“ Sony klassik

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lavinia Meijer, official site
  2. "No strings attached: Harpist calls Korea ‘my country.’" Korea JoongAng Daily (in association with the New York Times), February 16, 2014.
  3. Lavinia Meijer, Nico Muhly, James Boyd, BBC Radio

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]