Lavhul mahfuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lavhul mahfuz (arab. - qoʻriklanuvchi lavh) — diniy manbalarga koʻra, oq durdan yasalgan, uzunligi Yer bn osmon oraligʻicha, eni Mashriq bilan Magʻrib oraligʻicha, ikki sahifadan iborat buyuk bir kitob. Taʼriflanishicha, uning yonida yozuv qalami boʻlib, uning ham kattaligi Lavhga mos keladigan shaklda. U bir ulkan farishtaning koʻkragiga oʻrnatilgan boʻlib, ustki qismi Arshi aʼloga bogʻlab qoʻyilgan ekan. Rivoyatlarga qaraganda, Alloh hamma narsadan oldin mazkur Lavh bilan qalamni yaratib, to qiyomatgacha yaratadigan narsalarini va boʻlajak ishlarni, ilohiy kitoblarni, takdir va qazoni ham Lavhga bitib qoʻygan. Qurʼonga koʻra, Alloh undagi yozuvlardan xohlaganicha qismini oʻchirib, unga xohlaganicha oʻzgartirishlar kiritib turadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil