Lavandak qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lavandak qabristoni - qad. qabriston (miloddan avvalgi 2-asrning 2-yarmi — milodiy 1-asr). Buxoro viloyatining Lavandak qishlogʻi yaqinidan topilgani uchun nomi shundan. 130 mozorqoʻrgʻon bor. Mozorqoʻrgʻonlar Oʻrta Osiyoning shim. dagi dashtdan kelgan sarmatlarta mansub. Tuzilishi 2 xil: zinapoya bilan tushiladigan lahad va yon tomondan ungursimon qilib kavlangan qabr. Lavandak qabristonida mayyitlar chalqanchasiga, boshi jan.ga qaratilgan holda bukchaytirib, tizzalari kerib koʻmilgan; juft-juft koʻmilganlar ham uchraydi. Lavandak qabristonidan yogʻoch qinli dudama qilich, yarim oy tamgʻali va tamgʻasiz dudama xanjar, uch parrakli temir paykonlar va oʻroqsimon pichoqlar topilgan. Qabrdan hayvon suyagi, koʻzacha, kosa, qadah, oltin rangli shisha munchoq va yarqiroq toshlar, zirak, ayol yuzi tasvirlangan oltin qoplama, jezoyna, uzuk, kiyim parchalari chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil