Kontent qismiga oʻtish

Laura Põldvere

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Laura Põldvere

Laura at Eurovision 2017-yil Kyivda
Tavalludi 30-avgust 1988-yil (1988-08-30) (37 yosh)
Fuqaroligi Estoniya
Kasbi xonanda
Faoliyat yillari 2005–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Joel-Rasmus Remmel
(turm. 2013; ajr. 2016)

Musiqiy faoliyati

Cholgʻular Vokal
Veb-sayti lauraofficial.com

Laura Põldvere (oldingi familiyasi Remmel; 1988-yil 30-avgustda tugʻilgan)[1]estoniyalik qo'shiqchi. Soʻnggi oʻn yil ichida Estoniya radiosida qoʻshiqlari eng koʻp ijro etilgan estoniyalik sanʼatkor sifatida eʼtirof etilgan[2]. Xalqaro miqyosda „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ikki marotaba Estoniya sharafini himoya qilgan, 2005-yilda „Suntribe“ nomli qizlar guruhi aʼzosi sifatida, 2017-yilda esa Koit Toome bilan „Verona“ qoʻshigʻi ijro etgan.

Laura oʻzining musiqiy faoliyatini 2005-yilda Eurolaul 2005 tanlovida „Moonwalk“ qoʻshigʻi bilan boshlagan[3]. Bu qoʻshiq bilan tanlovda ikkinchi oʻrinni egallagan[4]. Biroq Laura „Suntribe“ guruhining aʼzosi sifatida tanlovda gʻolib chiqqan va Estoniya nomidan 2005-yilgi „Eurovision“ tanlovida ishtirok etgan. Biroq guruh final bosqichiga chiqa olmagan[5].

Laura, shuningdek, Eurovision Song Contest 2007 tanlovida ishtirok etgan. Uning ijrosidagi „Sunflowers“ qoʻshigʻi tanlovda uchinchi oʻrinni egallagan[6].

2007-yilning sentyabr oyida Laura oʻzining „Muusa“ deb nomlangan ilk albomini chiqargan. Shu yili Boston shahridagi Berklee Musiqa Kollejida tahsil olishni boshlagan. Bu sababli u musiqiy faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan[7].

2009-yilda Laura yakkaxon xonanda sifatida Eesti Laul tanlovida qatnashgan. Uning „Destiny“ nomli qoʻshigʻi tanlovda yana uchinchi oʻrinni egallagan[8]. Shu yili xonanda oʻzining „Ultra“ albumi chiqargan[9].

Laura 2016-yilda Eesti Laul tanlovida ishtirok etgan. Uning ijrosidagi „Supersonic“ qoʻshigʻi superfinalda ikkinchi oʻrinni egallagan[10].

2017-yilda Laura Koit Toome bilan birgalikda „Verona“ qoʻshigʻini ijro etgan va tanlovda gʻolib chiqqan. Shundan soʻng ular Ukrainaning Kyiv shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision 2017 tanlovida Estoniya nomidan ishtirok etgan[11]. Tomoshabinlar orasida katta mashhurlikka ega boʻlishiga qaramay, ular final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan. Juftlik yarim finalda umumiy hisobda 14-oʻrinni egallagan. Tomoshabinlar ovozi boʻyicha 6-oʻrinni egallagan, ammo hakamlar hay’ati tomonidan qoʻyilgan ballarga koʻra 17-oʻrindan joy olishgan[12][13].

Laura Eurovision 2020 tanlovida Estoniya sharafini himoya qilish maqsadida Eesti Laul 2020 tanlovida ishtirok etgan[14]. Uning ijrosidagi „Break Me“ qoʻshigʻi final bosqichiga qadar yetib borgan, biroq 12 ishtirokchi orasida 11-oʻrinni egallagan[15].

2023-yil noyabr oyida Laura Eesti Laul 2024 tanlovining yarim final bosqichida ishtirok etishi eʼlon qilgan. Bu safar xonanda „Hereʼs Where I Draw the Line“ qoʻshigʻi bilan qatnashgan, biroq yarim finaldan keyin final bosqichiga chiqa olmagan[16].

  1. Nebelsieck. „Koit Toome & Laura: Biografie der estnischen ESC-Kandidaten“ (de). eurovision.de. NDR (2017-yil 12-may). 2023-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  2. „AVALEHT“ (et-EE). MOONWALK. Qaraldi: 2017-yil 7-avgust.
  3. Siim. „Estonian finalists announced“ (en-US). ESCToday (2004-yil 9-dekabr). 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  4. Siim. „Suntribe for Estonia !“ (en-US). ESCToday (2005-yil 5-fevral). 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  5. „Semi-Final of Kyiv 2005“. European Broadcasting Union. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  6. „Eurolaul 2007“. eurovisioon.ee. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  7. „Täna ilmub Laura esikalbum "Muusa"“ (et). postimees.ee. Postimees (2007-yil 30-avgust). Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  8. „Eesti Laul 2009“. eurovisioon.ee. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  9. „Laura esitleb uut albumit "Ultra"“ (et). publik.delfi.ee. Publik (2009-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  10. Ernits. „Vaata, kuidas jagunesid punktid Eesti Laul 2016 poolfinaalides ja finaalis“ (et). ERR (2016-yil 9-mart). 2023-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  11. Escudero. „Koit Toome and Laura to bring Verona to Kyiv!“. eurovision.tv. European Broadcasting Union (2017-yil 4-mart). Qaraldi: 2017-yil 4-mart.
  12. West-Soley. „Bookies' Roundup: The punters did it again!“ (en-US). ESCToday (2017-yil 11-may). 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  13. jadeukesc. „OGAE 2017: The Winner is Revealed“ (en). The Eurovision Times (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  14. ERR. „Laura "Break Me"“ (et). ERR (2019-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  15. Tinno. „EESTI LAUL 2020“. Eurovisioon.ee. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  16. Carabaña Menéndez. „Eesti Laul 2024: Ewert And The Two Dragons, OLLIE y 5MIINUST x Puuluup, Peter Põder y Anet Vaikmaa clasificados para la gran final de la preselección estonia“ (es-ES). ESCplus España (2024-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.