Kontent qismiga oʻtish

Latviya Olimpiya qo‘mitasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Latviya Olimpiya qo‘mitasi
Davlat  Latviya
Kod LAT
Tashkil etilgan 1922
Rasman tan olingan 1923, 1991
Qit’a
assotsiatsiyasi
EOC
Joylashuvi Riga, Latviya
Prezident Raimonds Lazdiņš
Bosh kotib Raitis Keselis
Vebsayt olimpiade.lv

Latviya Olimpiya qoʻmitasi (latishcha: Latvijas Olimpiskā komiteja, LOK, XOQ kodi: LAT) – xalqaro olimpiya harakatida Latviya tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. Qoʻmita notijorat tashkilot boʻlib, qarorgohi Riga shahrida joylashgan.

Qoʻmita 1922-yil 23-aprelda tashkil etilgan. 1923-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Latviya keyingi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar bergan. 1940-yilda Latviyaning Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olinishi natijasida qoʻmita faoliyati toʻxtatilgan va bu davrda latviyalik sportchilar SSSR delegatsiyasi tarkibida musobaqalarda qatnashgan.

Qoʻmita 1988-yil 17-sentabrda qayta tiklangan va 1991-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan.

LOK prezidentlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
PrezidentYillar
Jānis Dikmanis 1922-1933
Roberts Plūme 1933-1934
Marģers Skujenieks 1934-1938
Alfreds Bērziņš 1938-1940
Qoʻmita faoliati Sovet Ittifoqi tomonidan Latviya okkupatsiyasidan keyin toʻxtatildi 1940-1988
Vilnis Baltiņš 1988-2004
Aldons Vrubļevskis 2004-2020
Žoržs Tikmers 2020-2023
Jānis Buks 2023-2024
Raimonds Lazdiņš 2024-hozir

Latviya Olimpiadasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yildan boshlab Latviya Olimpiya qoʻmitasi Latviya Olimpiadasi (Latvijas Olimpiāde) nomli koʻp sport turlarini qamrab oluvchi musobaqani tashkil etib keladi. Ushbu musobaqa odatda tegishli Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻtkaziladi. Yozgi va qishki Latviya olimpiadalari hamda Yoshlar olimpiadalari tashkil etilgan. Musobaqalar Olimpiya oʻyinlari namunasi asosida oʻtkazilib, unda Latviya munitsipalitetlari jamoalari ishtirok etadi, ochilish va yopilish marosimlari boʻlib oʻtadi. Ayrim hollarda olimpiada bahslari Latviya olimpiya jamoasiga saralash bosqichi sifatida xizmat qilgan[1].

  1. Berzins, Karlis „Latvia holds its first ever Olympiad ahead of Athens“. Baltic Times (2004-yil 8-iyul). Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.; „Olimpiādes“ (lv). Latvijas Olimpiskā komiteja. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.