Lattaband

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lattaband
Tavsif
Uzunligi 21
Davlat Oʻzbekiston


Lattaband — Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi soy, Bulungʻur va Baxmal tumanlari hududidan oqib oʻtadi. Turkiston togʻ tizmasidagi Shingak dovoni yaqinidagi (2450 m) buloqlardan boshlanadi. Gʻarb va shimoli-gʻarb tomon oqib borib, Qozoqqishloq yaqinida Eski Tuyatortar kanaliga quyiladi. Uz. 21 km, suv yigʻish maydoni 26 km². Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi. Yigirmaga yaqin irmogʻi (umumiy uz. 24 km) bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil