Lathyrus belinensis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lathyrus belinensis
Ilmiy tasniflash
Olam O'simlik
Yuksak o'simliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki pallalilar
Oila Burchoqdoshlar
Kichik oila Faboideae
Turkum Lathyrus
Tur
L. belinensis
Binar nomi
Lathyrus belinensis

N.Maxted & Goyder
The range of Lathyrus belinensis.

Lathyrus belinensis, shuningdek, Belin noʻxati[2] nomi bilan ham tanilgan, Burchoqdashlar oilasiga tegishli Lathyrus turkumiga mansub tur.

U Turkiya botaniklari Nigel Maxted va David John Goyder tomonidan 1987-yilda kashf etilgan[3].

L. belinensis 2012-yilda IUCN tomonidan dunyodagi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yuzlab turlar qatoriga kiritilgan[4].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

L. belinensis — bir yillik togʻda oʻsadigab oʻsimlik. Koʻtarilish uchun qulay joylar mavjud boʻlganda, poyalarning balandligi 50 — 200 sm ga etadi[5]. Barglari ikkita varaqchali[5]. Oʻsimlik yozda iyundan avgustgacha gullaydi va gullar kuchli hidga ega[6]. Gullar kichik, odatda kengligi 2,5 sm yoki undan kam[6]. Gulning pastki yarmida sariq, yuqori yarmida toʻq sariq va qizil tomirlar mavjud[5].

Tarqalishi va oʻsish joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

L. belinensis Turkiyada oʻsuvchi endemik tur hisoblanadi[7]. U Antaliya viloyatida oʻsadi[8]. Ularning yovvoyi populyatsiyasi Belin qishlogʻi chetidagi 2 km²[9] maydon bilan cheklangan[10]. Dengiz sathidan 560 metr balandlikdagi mo''tadil yaylovlar va butazorlardagi toshloq, ohaktoshli tepaliklarda o'sadi[11]. Shuningdek, u qabristonlar,[11] yoʻllarning chetlari, temir yoʻllar va haydaladigan yerlar orasidagi chekkalar kabi sunʼiy yashash joylarida oʻsishi maʼlum[11]. Shuningdek, u kamdan-kam uchraydigan manzarali oʻsimlik sifatida bogʻlarda tabiiy hududdan tashqarida oʻstiriladi[12].

Tahdidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

L. belinensisning yovvoyi populyatsiyasi faqat bitta hududda joylashganligi sababli xavf ostida[13]. U dastlab topilgan yer chorva mollari tomonidan juda koʻp toptalgan, bu esa L. belinensisning omon qolishiga jiddiy taʼsir qiladi[13]. Politsiya binosini qurish jarayonida koʻplab turlarning asl yashash joylari ham yoʻq qilingan[13]. Qolgan yashash joylarining koʻp qismini oʻsimliklarga soya soladigan ignabargli daraxtlar egallangan[13].

Lathyrus odoratus bilan duragaylash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin noʻxat (Lathyrus odoratus) 17-asrdan yetishtirila boshlangan[14]. Koʻplab turli xil rangdagi navlar bogʻbonlar tomonidan tanlab yetishtirilgan: pushti, qizil, binafsha, oq, toʻq sariq va koʻk[15]. Har doim orzu qilingan, ammo erishib boʻlmaydigan ranglardan biri sariq shirin noʻxat edi[16]. Sariq gulli oʻsimlikni yaratish ishlari muvaffaqiyatli boʻlmagan. Koʻplab urinishlardan keyin ham hayotga layoqatli nasl olinmagan[17]. Yangi kashf etilgan Belin noʻxati (L. belinensis) morfologik jihatdan shirin noʻxatga (L. odoratus) juda oʻxshaydi va gulida sariq pigment ham mavjud. Bu uni diragaylash uchun yaxshi nomzodga aylatirgan[17].

Duragaylash birinchi marta oʻsimlik selektsioneri doktor Keith Hammet tomonidan amalga oshirilgan[17]. Gibridlar dastlab embryo rescue texnikasi orqali yaratilgan[18][19]. F1 duragaylari pushti gullarga ega boʻlib, oʻz-oʻzidan steril boʻlgan[17]. Seleksionerlar sariq shirin noʻxat etishtirish umidida bekross chatishtirishni davom ettirishmoqda[17][20][21].

Gibrid navlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sariq shirin noʻxatni yaratishga urinish jarayonida turli xil yangi rangga ega shirin noʻxat ranglari yaratilgan. Gibrid shtammlar baʼzan Lathyrus x hammettii deb ataladi[22].

Gibrid navlarga misollar[23]
Ism Tavsif
Blu Shift Gullar binafsha rangda gullaydi, keyin koʻk rangga kiradi.
Blue Vein Gullar oʻrik rangida gullaydi, keyin toʻq koʻk tomirlari bilan och toʻq sariq rangga kiradi.
„Erewhon“ Gullar teskari ikki rangli lavanta standartlari va binafsha qanotlari bilan.
Painted Porcelain Gullar krem rangda, barglari pushti pushti qirralarga ega.
Porlock Gullar toʻq qizil rangga ega, qanotlari binafsharang, tomirlari bor.
Turquoise Lagoon Gullar och pushti rangdan boshlanadi, ammo pishib, firuza rangga aylanadi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [1] IUCN Red list entry
  2. „Lathyrus belinensis Belin Pea“. www.ukwildflowers.com (2018). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
  3. [1] IUCN Red list entry
  4. „Priceless or worthless?“. portals.iucn.org (2012). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  5. 5,0 5,1 5,2 N. Maxted & D.J. Goyder 1988 A new species of Lathyrus sect. Lathyrus from Turkey. Kew Bulletin 43(4): 711-713
  6. 6,0 6,1 „Lathyrus belinensis 'Goldmine'“. norfolkcottagegarden.co.uk (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
  7. „Lathyrus belinensis“. powo.science.kew.org (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
  8. „Rare plant of the month: June 2017“. plantheritage.wordpress.com (2017). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
  9. Maxted, Hunter, Ríos, Nigel, Danny, Rodomiro Ortiz. Plant Genetic Conservation. Cambridge University Press, 2020 — 147 bet. ISBN 9781108907774. 
  10. „Priceless or worthless?“. portals.iucn.org (2012). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  11. 11,0 11,1 11,2 „Belin Sweet Pea“. www.iucnredlist.org (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
  12. „Sweet Pea (Lathyrus belinensis)“. garden.org (2022-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 Maxted, Hunter, Ríos, Nigel, Danny, Rodomiro Ortiz. Plant Genetic Conservation. Cambridge University Press, 2020 — 147 bet. ISBN 9781108907774. 
  14. Raven, Sarah. „The Sweet Pea“. The Telegraph (2010-yil 4-avgust). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  15. „Sweet peas (annuals)“. www.rhs.org.uk (2022-yil 17-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  16. Edwards. „Developing a yellow sweet pea“. www.drkeithhammett.co.nz (2014). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Edwards. „Developing a yellow sweet pea“. www.drkeithhammett.co.nz (2014). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  18. [2] (Wayback Machine saytida 2022-09-02 sanasida arxivlangan) B.G. Murray, K.R.W. Hammett. New Sweet Pea (Lathyrus Odoratus) Cultivars Via Interspecific Hybridization with Wild Lathyrus Species
  19. [3] K. R. W. Hammett, B. G. Murray, Kenneth R. Markham and I. C. Hallett. Interspecific Hybridization between Lathyrus odoratus and L. belinensis
  20. [4] (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan) Keith Hammett. The art of plant breeding
  21. [5] Dawn Edwards. Developing a yellow sweet pea
  22. Hobbs, Jack. „Rock star of the plant breeding world is a Kiwi who is sweet on sweet peas“. Stuff ltd (2018-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  23. Edwards. „Developing a yellow sweet pea“. www.drkeithhammett.co.nz (2014). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel. Edwards, Dawn (2014). „Developing a yellow sweet pea“ (PDF). www.drkeithhammett.co.nz. Retrieved 2022-04-17.