Lat yeyish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lat yeyish — teri yuzasining butunligiga zarar yetmasdan turib, yumshoq toʻqimalarning mexanik shikastlani-shi. Kishini zarb bilan urganda yoki u qattiq joyga yiqilganda lat yeydi. Yengil, oʻrtacha va ogʻir Lat yeyish kuzatiladi, uning yengil yoki ogʻirligi mexanik taʼsir qiluvchi jism yuzasining ulchami va taʼsir tezligiga, shuningdek, toʻkimaning tuzilishiga bogʻliq. Koʻpincha teri va teri osti yogʻ qatlami, muskullar, suyak pardasi, boldirning oldingi qismi, kalla suyagi gumbazi lat yeydi. Shikastlangan joyda ogʻriq va shish paydo bulishi Lat yeyishning asosiy belgisi hisoblanadi. Shish kattalashib, atrofga tarqalgan sari ogʻriq kuchayishi mumkin. Lat yeyish hayot funksiyalarining vaqtinchalik buzilishiga sabab boʻladi, mas, kukrak qafasi qattiq lat yeganda nafas olish qiyinlashadi. Boshning Lat yeyishi miya chaykalishiga olib keladi yoki quyilgan qon miyani ezib koʻyadi (qarang Miya chayqalishi). Korin lat yeganda jigar va ichak yorilishi mumkin. Shikastlangandan soʻng toʻqimalarga kon quyilishining oldini olish uchun lat yegan joyga sovuq narsa qoʻyish (muz xalta yoki sovuq suvga lat-ta hullab bosish) kerak. Shikastlangan aʼzoni qimirlatmay, mahkam qilib bogʻlash lozim. Qattiq lat yeganda (bosh, koʻkrak qafasi, qorin shikastlanganda) kuchli ogʻriq paydo buladi, bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashib, boshi ogʻriydi, koʻngli aynib, qayt qiladi. Bunda shikastlangan kishini darhol vrachga koʻrsatish lozim.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil