Larysa Varona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Larysa Varona, shuningdek, Larisa Varona nomi bilan tanilgan (1983-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — belaruslik changʻichi, biatlonchi va eshkak eshish bilan shugʻulanuvchi sportchi. U Belorussiyani 4 ta qishki Paralimpiya oʻyinlarida changʻi sporti va biatlon boʻyicha (2006, 2010, 2014 va 2018) va eshkak eshish boʻyicha 2012-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Belarusiya jamoasi sharafni munosib himoya qilgan[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Larisa Varona 1983-yil 22-yanvarda tayanch-harakat nuqsoni bilan tugʻilgan. Shu nuqsoni sabab Larisa Varona Olimiyada o'uinlarida emas balki Paralimpiya o'yinlarida qatnashgan. U oʻn bir yoshida changʻi uchish bilan mustaqil ravishda shug'ullana boshlagan[1]. Larisa Varona 23 yoshida Belarusiya sharafni Qishki Paralimpiya o'yinlarida himoya qila boshlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2006-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida 23 yoshida Belarus uchun Paralimpiya oʻyinlarida debyut qilgan va oʻzining birinchi Paralimpiya musobaqasida ayollar oʻrtasida changʻida 3 × 2,5 km estafeta ochiq toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Larysa Varona 2006-yilgi Qishki Paralimpiya o'yinlarida Belarussiya terma jamoasi tarkibida sovrindor boʻlgan eng yosh sportchi bolgan[2]. Varona, shuningdek, 2010-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ayollar changʻisi 3 x 2,5 km ochiq estafeta va changʻi boʻyicha 5 km klassik musobaqalarda 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan[3]. U 2014-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan, ammo bu musobaqada Varona sovrindorlar qatorida bo'lmagan[4].

Varona xalqaro eshkak eshish musobaqalarida ham qatnashgan va 2012-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida o'z ona yurtni himoya qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan va aralash toʻrtlik musobaqalarida qatnashgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Larysa Varona“. Paralympic.org. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  2. „Eight facts about Belarus in its Winter Paralympics history“. 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  3. „2010 Winter Paralympics summary“. 2018-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  4. „Larysa VARONA | Biathlon, Cross-Country Skiing | Belarus — Sochi 2014 Paralympic winter Games“ (en). sochi2014.arch.articul.ru. 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  5. „Larisah VORONA - worldrowing.com“ (en-US). www.worldrowing.com. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.