Lars Hörmander

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lars Hörmander
Tavalludi 24-yanvar 1931-yil
Mjällby, Blekinge, Shvetsiya
Vafoti 25-noyabr 2012-yil(2012-11-25)
(81 yoshda)
Lund, Shvetsiya
Fuqaroligi Shvetsiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Stockholm universiteti
Stanford universiteti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Lund universiteti
Akademik rahbarlari Marcel Riesz
Lars Gårding
Mashhur shogirdlari Germund Dahlquist
Nils Dencker
Mashhur ishlari Chiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar teoriyasi
Mukofotlari Fields medali (1962)
Wolf mukofoti (1988)
Leroy P. Steele mukofoti (2006)

Lars Valter Hörmander (talaffuzi: Lars Valter Xyormander) (24-yanvar 1931-yil - 25-noyabr 2012-yil) — shvetsiyalik matematik. Hörmander „chiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar boʻyicha zamonaviy nazariyiga eng salmoqli hissa qoʻshgan shaxs“ deb eʼtirof etiladi. Hörmander 1962-yilda Fields medali[1], 1988-yilda Wolf mukofoti va 2006-yilda Leroy P. Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Uning „Chiziqli xususiy hosilali differensial operatorlar I-IV“ kitobi ushbu sohada eng qoʻllaniladigan asardir[2].

Hörmander 1955-yil Lund universitetida doktoranturani tamomlagan. Soʻngra u Stockholm va Stanford universitetlarida hamda New Jersey shtatining Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1968–1996-yillarda Lund universitetida dars bergan.

Hörmander 1968-yil Shvetsiya qirolli fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. 2012-yil Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan, ammo roʻyxat eʼlon qilinishidan oldin olamdan oʻtgan[3] before the list of fellows was released.[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fields Medals 1962“. International Mathematical Union. Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.
  2. Lars Hörmander Receives 2006 AMS Steele Prize for Mathematical Exposition. American Mathematical Society.
  3. „In Memoriam of Lars Hörmander“. University of Lund. 2014-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
  4. List of Fellows of the American Mathematical Society, retrieved 2013-01-21.