Langardaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Langardaryo
Langardaryo Boshdara qishlogʻi yuqoriroqda
Langardaryo Boshdara qishlogʻi yuqoriroqda
Tavsif
Uzunligi 76
Davlat Oʻzbekiston

Langardaryo yoki LangarQashqadaryoning chap irmogʻi (Qashqadaryo viloyati). Hisor tizmasining jan.-gʻarbiy tarmogʻi — Yakkabogʻ tizmasidan (2200–2300 m) boshlanib gʻarbga oqadi. Uzunligi 76 km, havzasining maydoni 258 km². Yuqori qismi chuqur va tor vodiyda oqadi. Langar qishlogʻi yaqinida vodiysi kengayadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,9 m³/ sek; maksimal suv sarfi aprel—mayda. Qor va yomgirlardan suv oladi. Yoz oylarida suvi sugʻorishga sarflanib, Qashqadaryoga yetib bormaydi. Bahor oylarida daryodan kuchli sel kelish hollari kuzatiladi. Langardaryoda gidrometrik post tashkil etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil