Lang Ping

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lang Ping
Shaxsiy maʼlumotlar
Laqabi Temir bolgʻa (铁榔头/鐵榔頭)
Millati Xitoylik
Tugʻilishi (1960-12-10) 10-dekabr 1960-yil (age 61)

Tianjin, Xitoy
Vatani Tianjin, Xitoy
Boʻyi 1.84 m (6 ft 0 in)
Vazni 71 kg (157 lb)
Kollej/ Universitet Pekin Oddiy Universiteti

New Mexico universiteti

"Jenny" Lang Ping (xitoycha: 郎平 ; oʻqilish: Láng Píng 1960-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — xitoylik sobiq voleybolchi va Xitoyning ayollar milliy voleybol jamoasining hozirgi bosh murabbiyi. U Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy voleybol jamoasining sobiq bosh murabbiyi hamdir. Oʻyinchi sifatida Lang Ping 1984-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarida ayollar voleyboli boʻyicha eng qimmat oʻyinchi sovrinini qoʻlga kiritdi[1].

2002-yilda Lang Ping Massachusets shtatining Holyok shahridagi Voleybol shon-shuhrat zaliga kiritildi[2]. U 2008-yilda oʻz vatanida boʻlib oʻtgan Pekin Olimpiadasida AQSh ayollar terma jamoasiga murabbiylik qildi. Keyinchalik Lang 2016-yilgi Rio Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan Xitoy ayollar terma jamoasiga murabbiylik qildi va voleybol tarixida oʻyinchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi shaxs boʻldi[3][4].

Lang 2020-yilda suratga olingan „Leap (Sakrash)“[5] biografik filmidagi bosh qahramon sifatida gavdalantirilgan, uning filmdagi obrazini aktrisa Gong Li oʻynagan[6].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lang Ping Tyantszinda tugʻilgan. U 1987-yildan 1995-yilgacha xitoylik sobiq gandbolchi „Frank“ Bai Fan bilan birgalikda yashagan. 1992-yilda ularning Lydia Lang Bai ismli qizi dunyoga kelgan, Lydia Lang Bai Stenford universiteti voleybol jamoasida oʻynaydi[7] va Leap filmida Lang Pingning yoshlik davrini gavdalantirgan[8]. Lang Ping Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining professori Van Yuchengga turmushga chiqqan. 

1987-yilda Lang New-Mexiko universitetida voleybol boʻyicha yordamchi murabbiy sifatida oʻqish hamda xizmat qilish uchun turmush oʻrtogʻi Bai bilan Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi. Uning koʻchib oʻtish sabablari haqida soʻralganda, Lang Ping „oddiy hayotda yashab koʻrishni istayotganini“ aytdi[9]. U AQShda 15 yildan ortiq yashaganligiga qaramay, Xitoy fuqaroligini saqlab qolgan[10].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Temir bolgʻa“ laqabli[1][10] Lang Ping 1984-yilda Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlar jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan Xitoy terma jamoasi aʼzosi edi. U, shuningdek, 1982-yilda Peruda boʻlib oʻtgan jahon chempionati tojini ham qoʻlga kiritgan va 1981 va 1985-yillarda jahon chempionligiga sazovor boʻlgan jamoa aʼzosi edi[11]. Xitoyning voleybol boʻyicha ayollar terma jamoasi Lang Ping faoliyati davomida bir necha bor jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Lang jamoada tashqi hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. U 1981-yildan 1986-yilgacha Xitoyda yilning eng yaxshi oʻnta sportchisidan biri deb tan olingan[12].

Xitoyda ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarda Xitoy ayollar voleybol jamoasining muvaffaqiyatidagi asosiy roli tufayli Lang madaniy timsol sifatida koʻrilgan va zamonaviy Xitoy sport tarixidagi eng hurmatli odamlardan biri hisoblanadi. Lang Ping Xitoy uchun ilk jahon chempionlaridan biri sifatida esga olinadi[12].

Murabbiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lang 1987—1989 va 1992—1993-yillarda Nyu-Meksika universitetida yordamchi murabbiy lavozimida ishlagan[2].

1995-yilda Lang Ping Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi va natijada u murabbiylik qilgan jamoa 1996-yilda Atlantada (Jorjiya) boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medal va 1998-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi[11]. Lang Ping sogʻligʻi sababli 1998-yilda Xitoy terma jamoasidan isteʼfoga chiqdi. Keyingi yili u Italiya professional voleybol ligasida bosh murabbiylik lavozimini egalladi va u yerda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, turli unvonlar va bir necha bor yilning eng yaxshi murabbiyi mukofotini qoʻlga kiritdi. U 1996-yilda FIVB yilning eng yaxshi murabbiyi etib tan olindi[2].

Lang Ping 2005-yilda AQSh terma jamoasi murabbiyi boʻldi. Lang jamoani 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlariga puxta tayyorladi, u yerda AQSh terma jamoasi oʻz mamlakatida Xitoy bilan toʻqnash keldi. AQSh terma jamoasi Xitoyni 3:2 hisobida magʻlub etdi. Keyingi oʻyinga esa Xitoy va AQSh prezidentlari Hu Jintao va George Bushlar oʻyinga tashrif buyurishdi[13]. Oʻyinni birgina Xitoyda 250 million tomoshabin tomosha qildi. Jamoa finalda Braziliyaga 3:1 hisobida yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Lang Ping oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazish uchun Xitoy jamoasiga murabbiylik qilishni istayotganini aytib, oʻsha yil oxirida klub bilan tuzilgan shartnomasi tugashiga ruxsat oldi[14]. U 2013-yilda ikkinchi marta Xitoy ayollar milliy voleybol terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi va 2015-yili Yaponiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2014-yilda Lang Ping FIVB jahon chempionatida 24 jamoa orasida yagona ayol bosh murabbiy sifatida ishtirok etdi[15].

2016-yil 21-avgust kuni Lang Ping Xitoy terma jamoasini 2016-yilgi Rio Olimpiadasida oltin medalga sazovor boʻlishida xissa qoʻshdi. Ushbu gʻalaba bilan Lang Ping 1984-yil Los-Anjelesda Xitoy terma jamoasi tarkibida va Rio-2016da Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan erkak va ayol oʻyinchilar orasidagi voleybol tarixidagi birinchi shaxs boʻldi. 2019-yil 29-sentyabrda Xitoy jahon chempionati chempionligini himoya qilish uchun barcha oʻn bir oʻyinni oʻtkazib yuborganidan soʻng, Lang Ping ham voleybolchi(1981, 1985) va murabbiy sifatida ketma-ket jahon chempionati chempionliklarini qoʻlga kiritgan birinchi shaxs sifatida tan olindi(2015, 2019)[16].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub/jamoa Mamlakat yil
Xitoy NT Xitoy Xitoy 1995 — 1998-yillar
Volley Modena ItaliyaItaliya 1999 — 2002-yillar
Asystel Novara Italiya Italiya 2002 — 2004-yillar
Pieralisi Jesi Italiya Italiya 2005-yil
AQSh NT Qoʻshma Shtatlar Qoʻshma Shtatlar 2005 — 2008-yillar
Telekom Anqara Turkiya Turkiya 2008 — 2009-yillar
Guangdong Evergrand Xitoy Xitoy 2009 — 2014-yillar
Xitoy NT Xitoy Xitoy 2013 — 2021-yillar

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jismoniy shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1996-yil FIVB yilning eng yaxshi murabbiyi

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi sifatida
  • 1981-yilgi jahon chempionati — 2 Oltin Oltin medal
  • 1982-yilgi jahon chempionati — 2 Oltin Oltin medal
  • 1984-yil Los-Anjelesdagi Olimpiya oʻyinlari — 2 Oltin Oltin medal
  • 1985-yilgi jahon chempionati — 2 Oltin Oltin medal
  • 1990-yilgi jahon chempionati — 2 Kumush Kumush medal
Murabbiy sifatida
  • 1995-yilgi jahon chempionati — 2 Bronza Bronza medali
  • 1996-yil Atlanta Olimpiya oʻyinlari — 2 Kumush Kumush medal
  • 1998-yilgi jahon chempionati — 2 Kumush Kumush medal
  • 2007-yilgi jahon chempionati — 2 Bronza Bronza medali
  • 2008-yil Pekin Olimpiya oʻyinlari — 2 Kumush Kumush medal
  • 2014-yilgi jahon chempionati — 2 Kumush Kumush medal
  • Jahon chempionati 2015-yil — 2 Oltin Oltin medal
  • Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari — 2 Oltin Oltin medal
  • 2018-yilgi jahon chempionati — 2 Bronza Bronza medali
  • Jahon chempionati 2019-yil — 2 Oltin Oltin medal

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Tabuchi, Hiroko. „Return of the "Iron Hammer"“. The Wall Street Journal (2008-yil 9-avgust). Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 „China's Lang Ping gets U.S. volleyball post“. USA Today (2005-yil 8-fevral). Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
  3. „Lang Ping becomes first person in volleyball to win Olympic gold as player and coach“. FIVB (21-avgust 2016-yil).
  4. Zuo, Mandy. „Volleyball visionary: coach Lang Ping worth her weight in gold – and more“. South China Morning Post. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
  5. Davis. „Gong Li Drama 'Leap' Opens to $8.2 Million in China“ (en-US). Variety (2020-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  6. Chan, Peter Ho-Sun (2020-09-25), Duo guan (Drama, Sport), Gong Li, Bo Huang, Gang Wu, Yuchang Peng, qaraldi: 2021-02-11
  7. „Lydia Bai - Women's Volleyball“ (en). Stanford University Athletics. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  8. Writer. „Director Peter Chan and Actress Lydia Bai on the Technical and Political Challenges Behind China's Oscar Submission 'Leap'“ (en-US). Asian Movie Pulse (2021-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  9. Townsend, Brad. „Lang Ping left China for "normal life"“. The Dallas Morning News (2008-yil 6-avgust). Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
  10. 10,0 10,1 „Iron Hammer still pounding“. China Daily (2008-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
  11. 11,0 11,1 O'Halloran, Ryan. „Lang Ping goes home“. Washington Times (2008-yil 15-avgust). Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
  12. 12,0 12,1 Lassen, David. „U.S. women's volleyball coach an icon back in Beijing“. Ventura County Star (2008-yil 8-iyul). 2008-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
  13. Wong, Edward. „Ex-Chinese Star Guides U.S. to Win in Volleyball“. New York Times (2008-yil 15-avgust). Qaraldi: 2008-yil 16-avgust.
  14. „Lang Ping not to extend US volleyball contract“. 中国网 (2008-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 26-noyabr.
  15. „Coaches Lang Ping and Kiraly, star players 30 years ago, face off in title match“. FIVB (12-oktabr 2014-yil).
  16. „China crowned World Cup champions anew“. FIVB (29-sentabr 2019-yil).