Kontent qismiga oʻtish

Laleh Osmany

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Laleh Osmany
Tavalludi 1992-yil
Fuqaroligi Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Taʼlimi Hirot universiteti
Kasbi ayollar huquqlari faoli

Laleh Osmany (1992-yil, Kobul, Afgʻoniston) — ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻonistonda ayollar ismlari omma oldida ishlatilmasligi odatiga qarshi #WhereIsMyName kampaniyasini boshlagan afgʻonistonlik ayollar huquqlari faoli. Bu harakati uchun 2020-yilda BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laleh Osmany 1992-yilda Afgʻonistonda tugʻilgan, Hirot universitetida islom huquqini oʻrgangan[1]. 2017-yilda Laleh Tahmineh Rashiq bilan birgalikda #WhereIsMyName ijtimoiy media kampaniyasining hammuassisi boʻladi[2]. Kampaniya Afgʻonistonda ayollar anʼanaviy ravishda oʻz ismlaridan ommaviy foydalanish huquqiga ega emasligiga norozilik sifatida tashkil etilgan[3]. Chunki mahalliy qonunchilikka koʻra, tugʻilganlik yoki oʻlim haqidagi guvohnomalar kabi rasmiy hujjatlarda ayollarning ismlari qayd etilmagan va hatto qabr toshlarida ham koʻrsatilmagan[4][5]. Harakat natijasida qonunga oʻzgartirish kiritiladi.

Afgʻon Ayollar tarmogʻi raisi Mary Akrami qonunga kiritilgan oʻzgarish haqidagi xabarni „ayol shaxsiyatini oʻrnatish yoʻlidagi ijobiy qadam“ deb taʼriflagan[1]. Afgʻoniston parlamentining sobiq aʼzosi va ayollar huquqlari faoli Fawzia Koofi bu oʻzgarishni „ayollar huquqlari masalasi emas, balki ayollarning qonuniy huquq, inson huquqi“ ekanligini aytadi. Laleh harakatining tarafdorlari orasida bastakor Farhod Daryo, qoʻshiqchi Aryana Said va parlament aʼzosi Maryam Sama ham bor[6]. Biroq, qonunga kiritilgan oʻzgarishni hamma ham maʼqullamaydi, bu oʻzgarishni afgʻon qadriyatlariga hurmatsizlik, AQShni tinchlantirish uchun qilingan harakat deb hisoblashgan[1]. 2020-yilda Afgʻoniston hukumati bilan hokimiyatni taqsimlash boʻyicha muzokaralar olib borgan Tolibon ayollar ismini shaxsiy guvohnomaga kiritishga qarshi chiqishgan[3]. Lalehga ushbu kampaniyadagi roli uchun zoʻravonlik bilan tahdid qilingan[1]. Laleh Afgʻonistondagi ayollar huquqlarini himoya qilishdagi hissasi uchun BBC tomonidan 2020-yilda „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan[7].

  1. 1 2 3 4 „In a rare victory for Afghan women, Kabul to include mothers’ name on IDs“ (inglizcha). Arab News (2020-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2026-yil 31-mart.
  2. „Where Is My Name? Afghan Women Campaign To Reclaim Their Identities“ (inglizcha). RadioFreeEurope/RadioLiberty. 2026-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-mart.
  3. 1 2 Orooj Hakimi, Storay Karimi.. „In the name of the mother: Afghan woman wins recognition, sparks Taliban opposition“ (inglizcha). Reuters (2020-yil 27-sentyabr). 2026-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-mart.
  4. „Laleh Osmany“ (en-US). RUMI AWARDS. 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  5. Mujib Mashal.. „Their Identities Denied, Afghan Women Ask, ‘Where Is My Name?’ (Published 2017)“ (inglizcha). The New York Times (2017-yil 30-iyul). 2026-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-mart.
  6. „WhereIsMyName: Afghan women campaign for the right to reveal their names“ (inglizcha). BBC News (2020-yil 24-iyul). 2026-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-mart.
  7. „BBC 100 Women 2020: Who is on the list this year?“ (inglizcha). BBC News (2020-yil 23-noyabr). 2026-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-mart.