Lahhom Abulhasan Ali alHarroniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lahhom Abulhasan Ali alHarroniy (? —970, Nishopur) — shoir. Buxoro, Xorazm, Termizda yashagan. Ijodida hajv asosiy oʻrin tutgan. Hajvlari, asosan, zamondosh maddoh shoirlar va davlat arboblariga qaratilgan. L. vazir Abu Ali al-Balʼamiy (960—74)ni hajv qilgani uchun taʼqibga uchragan va Buxorodan chikarib yuborilgan. "Yatimat ud-dahr"da L.ning 350 misra sheʼri saqlangan. Fransuz adabiyotshunosi Barbye de Menar (19-asr) L.ni "Somoniylar davrida Buxorodan chiqqan Yuvenal" deb atagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil