Laboyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laboyoqlilar (Chilopoda) - koʻpoyoqlilar kenja sinfi, ayrim maʼlumotlarga koʻra sinfning nomi. Tanasi yassi yoki silindrsimon uzun, bosh va boʻgʻimlarga boʻlingan gavdadan iborat. Deyarli har bir boʻgʻimda bir juftdan yurish oyoqlari boʻladi. Boshida bir juftdan antenna va yuqori jagʻlar, 2 juft pastki jagʻlar bor. Antennalar asosida bir toʻp oddiy koʻzlari joylashgan, ayrim L.ning koʻzlari boʻlmaydi. 1-juft yurish oyoqlari oyoq-jagʻlarni hosil qiladi. Ular asosida joylashgan zahar bezlari yoʻli tirnoqlarining uchki qismiga ochiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil