La-Plata pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(La-Plata Pasttekisligidan yoʻnaltirildi)

La-plata pasttekisligi -Jan. Amerikadagi Ichki tekisliklarning sharqiy qismi. Braziliya, Paragvay va Argentina hududida. Paragvay-Parana daryolari sohili boʻylab kengligi sharqdan-gʻarbga 900 km, uzunli-gi shim.dan janubga 2400 km ga choʻzilgan. L-La-Plata pasttekisligi Janubiy Amerika platformasining kontinental jinslar, asosan, kaynozoy choʻkindilari bilan toʻlgan sineklizasidir. Shimoliy qismi tropik iqlimli, yozi seryomgʻir; siyrak oʻrmon va botqoqliklar bor. Janubiy qismi subtropik iqlimli, yogʻin yil davomida bir meʼyorda yogʻadi, dasht oʻsimliklari oʻsadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil