Lütfi posho
| Lütfi | |
|---|---|
|
1590-yillarda Johann Theodor de Bry tomonidan chizilgan Lütfi poshoning gravyurasi. | |
| Usmoniylar imperiyasining 30-Bosh vaziri | |
|
Mansab davri 1539-yil 13-iyul – 1541-yil aprel | |
| Hukmdor | Sulaymon I |
| Oʻtmishdoshi | Ayas Mehmed posho |
| Vorisi | Hadim Sulaymon posho |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
taxminan 1488 Vlora, Albaniya |
| Vafoti |
1564-yil 27-mart Didymoteicho (zamonaviy Gretsiya) |
| Turmush oʻrtogʻi | Shah Sulton (1523–1541) |
| Bolalari |
Esmehan Hanımsultan Sultanzade Ahmed Bey Sultanzade Abdi Bey Sultanzade Mahmud Bey |
Lütfi posho (turkcha: Lütfi Paşa; toʻliq nomi: Damat Çelebi Lütfi Paşa; taxminan 1488 – 1564-yil 27 mart) – Usmoniylar imperiyasida xizmat qilgan alban davlat arbobi, sarkarda. Sulton Sulaymon I hukmronligi davrida 1539–1541-yillarda imperiyaning bosh vaziri. 21 ta asar yozgan, asosan, diniy mavzularga bagʻishlangan, shuningdek, tarixiy mavzularda ham asarlar yaratgan. Ularning 13 tasi arab tilida, 8 tasi turk tilida yozilgan. Ikki mashhur asari „Asafname“ (vazirlar uchun nasihatnoma turidagi asar) va „Tavorix-i Ali Usmon“ asarlari mavjud boʻlib, „Tavorix-i Ali Usmon“ asari Usmoniylar tarixi haqida, unda oʻzining Sulton Boyazid II, Salim I va Sulaymon I hukmronlik davridagi shaxsiy kuzatuvlari va tajribalarini ham kiritgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lütfi alban millatiga mansub boʻlib[1], Vloradan boʻlgan. Uni Usmoniylar xizmatiga devshirme tizimi orqali kirgan deb hisoblashadi, shuningdek, uning nasroniylik diniga sigʻinuvchi ota-onasi Sulton Boyazid II hukmronligi davridagi harem-i hassga yuborgan boʻlishi mumkin. U yerda Lütfi islom taʼlimotini mukammal oʻzlashtirib, hokimiyatda yuqori lavozimlarga koʻtarilish uchun zarur boʻlgan tayyorgarliklardan oʻtgan.
Saroy xizmatidan tashqari birinchi marta Kastamonu sanjakbeyi lavozimiga tayinlangan, keyinchalik Karaman beklerbegi boʻlgan. Lütfi posho oʻz hayoti haqida bu maʼlumotlarni „Asafname“ asarining muqaddimasida keltirgan, ammo u bu lavozimga qaysi sanada tayinlanganini koʻrsatmagan, shuningdek, saroyga kelishidan oldingi hayoti haqida ham hech qanday tafsilot keltirmagan. Shuningdek, Lütfi posho avval Aydın, keyin Yanya (Ioannina) sanjakbeyi sifatida xizmat qilgan boʻlishi ham mumkin, chunki Feridun Bey 1522-yilda Rodos qamali paytida Aydın sanjakbeyi sifatida qatnashgan Lutfiy Beyni (Feridun Bey „Münşeʾat as-salâtin“, Istanbul, hijriy 1274/milodiy 1857) hamda 1529-yilda Vena qamali chogʻida Yanya sanjakbeyi sifatida xizmat qilgan Lutfiy Beyni (oʻsha asar, I, 573) tilga olgan. Bu maʼlumotlar boʻlajak bosh vazir Lütfi poshoga taalluqli boʻlishi ehtimoldan yiroq emas, chunki uning oʻzi ham ushbu ikki yurishda ishtirok etganini qayd etgan (Lütfi posho, „Tavorix-i Oli Usmon“). U oʻz kitobida, arab boʻlmagan usmoniy sultonlar xalifa unvonini qabul qilish huquqiga ega yoki ega emasligi masalasiga alohida urgʻu bergan.
Milodiy 1534-1535 yilda Lütfi posho uchinchi vazir etib tayinlangan. Uning yozishicha, u oʻsha paytgacha Sulton Salim I hukmronligida Sharqiy Onadoʻlida Safaviylarga qarshi, Suriya va Misrda Mamluklarga qarshi urushlarida xizmat qilgan. Sulaymon I davrida 1521-yilda Belgrad qamalida, 1522-yilda Rodos janglarida ishtirok etgan.
Lütfi posho 1539-yilda Ayas Mehmed poshoning oʻlimidan keyin Usmoniylar imperiyasining Bosh vaziri etib tayinlangan (Ayas Mehmed posho esa Pargali Ibrohim posho qatl qilinganidan keyin keyin 3 yil davomida bu lavozimni egallagan). 1541-yilda u rafiqasi, Sulton Sulaymonning oʻgay singlisi Shah Sultonning shikoyati ortidan uni kaltaklagan. Shah Sulton poshoning zino qilgan ayolga nisbatan haddan tashqari qattiq jazo qoʻllaganidan norozi boʻlgan edi. Natijada, Shah Sulton Sulton Sulaymonning ruxsati bilan eridan ajralgan va sulton Lütfi poshoni lavozimidan chetlashtirib, yangi bosh vazir etib Hadim Sulaymon poshoni tayinlagan.
Mediada
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Muhtasham yuz yil“ teleserialida Lütfi posho rolini turk aktyori Mehmet Özgür gavdalantirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gawrych, G.. The Crescent and the Eagle: Ottoman Rule, Islam and the Albanians, 1874–1913. I. B. Tauris, 2006 — 58-bet. ISBN 9781845112875.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Siyosiy idoralar | ||
|---|---|---|
| Oʻtmishdoshi: Ayas Mehmed posho |
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlari 1539-yil 13-iyul – 1541-yil aprel |
Vorisi: Hadim Sulaymon posho |