Kyuvye vayi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kyuvye vayi (dustus Cuvieri; J. Kyuvye sharafiga) — lansetnik va umurtqali hayvonlarning qon tomiri. Kyuvye vayi oldingi va keyingi kardinal venalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi; vena sinusi yoki bevosita yurak boʻlmasiga kelib quyiladi. Faqat toʻgarak ogʻizlilar, baliqlar va dumli amfibiyalarning voyaga yetgan davrida saqlanib qoladi. Boshqa hayvonlarning embrioval rivojlanish davrida boʻladi. Dumsiz amfibiyalar va amniotlarda Kyuvye vayidan kovak vena hosil boʻladi. Ayrim sut emizuvchilar va odamda faqat oʻng Kyuvye vayi kovak venaga aylanadi; chap Kyuvye vayining proksimal qismi saqlanib qolib, yurak vena sinusini hosil qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil