Kwon Eun-bin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kwon Eun-bin
Tavalludi 6-yanvar 2000-yil (2000-01-06) (24 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
  • reper
  • model

Kwon Eun-bin (koreyscha: 권은빈 ; 2000-yil 6-yanvarda tugʻilgan)[1], Eunbin nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U „Produce 101“ (2016) koʻrsatuvining birinchi mavsumida ishtirok etgan va oxirgi epizodda chiqarib yuborilgan. U Janubiy Koreyaning „CLC“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida 2016-yil fevral oyida guruhning uchinchi „Refresh“ nomli mini-albomi chiqishi bilan debyut qilgan[2][3]. U „Bad Papa“ (2018) teleserialida aktrisalik debyutini qilgan va shundan soʻng „Top Management“ (2018), „Dear. M“ (2022) kabi seriallarda suratga tushgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 22-yanvarda Kwon „Mnet“ kanalining „Produce 101“ shousida ishtirokchi sifatida tanishtirilganida mashhur boʻlgan[4]. „Produce 101“ 46 ta turli kompaniyalardan 101 nafar stajyor ayol ichidan qizlar guruhini yaratishi kerak edi.[5] Kwon Eun-bin „Produce 101“da „Cube Entertainment“ kompaniyasining vakili boʻlib, keyinchalik „(G)I-dle“ sardori sifatida debyut qilgan Jeon So-yeon va kompaniyaning sobiq stajyori Li Yun Seo bilan birga ishtirok etgan[6]. Kwon oʻninchi epizodda shoudan chetlashtirilgan va shuning uchun „I.O.I“ aʼzosi sifatida debyut qilmagan.

2021-yil fevral oyida Kwon rasman aktyorlar tarkibining bir qismi sifatida „KBS2“ning At a distance Spring is" teleseriali eʼlon qilingan[7]. U Myongil universitetining toʻrtinchi kursda tahsil olayotgan Vang Yon Ran roliga tayinlangan[8]. Serial 2021-yilning 14-iyundan 20-iyuliga qadar „KBS2“ telekanalida efirga uzatilgan.

2022-yil fevral oyida Kwon „TVING“ telekanalining ayni nomdagi serialga asoslangan „ Duty After School“ ilmiy-fantastik trillerida katta rol ijro etishi tasdiqlandi. Uning premerasi 2022-yil oʻrtalarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kwon Eun-bin (권은빈, Korean actor)“. HanCinema.
  2. „Sorn's "PRODUSORN: Life as a Girl Group"“. Qaraldi: 28-iyul 2018-yil.
  3. „Kwon Eun Bin (of CLC)“. Rakuten Viki.
  4. Jang. „씨엘씨(CLC), 7인으로 팀 재정비… 29일 전격 컴백“. Sports Donga. Sports Donga. Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.
  5. Lee. „ʻ프로듀스101’ 출연 권은빈, 씨엘씨 새 멤버로 합류“. TenAsia. Korea Entertainment Media. 2019-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  6. Ji-young. „[프로듀스101 동영상 CUBE 연습생 '미쳐' vs DSP연습생 'Mr.'“]. Enews24 (23-yanvar 2016-yil). 2018-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  7. Sim. „[단독CLC 권은빈, '멀리서 보면 푸른 봄' 출연…연기돌 입지 굳힌다“] (ko). n.news.naver.com (2021-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  8. „'멀리서 보면 푸른 봄' 권은빈X우다비X최정우, 극강 케미스트리 예고“ (ko). n.news.naver.com. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
  9. Kang Hyo-jin. „[단독CLC 권은빈, 티빙 '방과후 전쟁활동' 출연…연기 행보ing“] (ko). SPOTV News (21-fevral 2022-yil). Qaraldi: 21-fevral 2022-yil.