Kvazizarralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvazizarralar — kondensatlanuvchi (bir holatdan ikkinchi holatga oʻtuvchi) muhitlar (qattiq jism, suyuq geliy) ning elementar uygʻonishlari. Ular oʻzlarini kvant zarralardek tutadi. K. tushunchasini fanga 1940 yilda L. D. Landau kiritgan. Kondensatlanuvchi muhitlar xossalarini shu muhitni tashkil qilgan molekulalar, atomlar, ionlar va elektronlarning xossalari orqali nazariy jihatdan tavsiflash va tushuntirish ancha qiyin. Chunki hajm birligi 1 sm3 dagi zarralar soni koʻp (1022—1023) va bu zarralar oʻzaro kuchli taʼsirlashadi. Zarralarning taʼsirlashishi tufayli kondensatlanuvchi muqitning toʻla energiyasi (ideal gazniki singari) ayrim zarralar energiyalari yigʻindisidan iborat boʻlmaydi. Uning zarralari kvant mexanika qonunlariga boʻysunadi. Shu sababli, kondensatlanuvchi muhitning kvant nazariyalarida maxsus tushuncha — K. tushunchasi paydo boʻldi. Real zarralar singari K. ham energiya, impuls va yelmyalari bilan ifodalanishi mumkin. Har xil energiya holatlari orasidagi oʻyinlar, umuman olganda, barcha elektronlar harakatiga taʼsir qiladi. Kondensatlanuvchi sistema sathlaridan birining uygʻonishi shu joyning oʻzidagina qolmay, balki sistemadagi qoʻshni elektronlarga uygʻonish toʻlqini koʻrinishida uzatiladi, u maʼlum chastota v va toʻlqin uzunligi X ga ega boʻladi. Kvant mexanikada K. deb ataladigan hamda energiyasi hv va impulsi p=h/X (u kvaziipuls deb ataladi) boʻlgan kvant mos keladi. Buni bir oz boshqacharoq tushuntirish ham mumkin: kondensatlanuvchi sistemaning har bir navbatdagi uygʻonish holatiga oʻtishi yangi K. ning paydo boʻlishi deb qaraladi. K. energiyasi sistema satxlari energiyalari farqiga teng . [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil