Kontent qismiga oʻtish

Kutaisi xalqaro aeroporti

Koordinatalari: 42°10′35″N 042°28′57″E / 42.17639°N 42.48250°E / 42.17639; 42.48250
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kutaisi xalqaro aeroporti
ქუთაისის საერთაშორისო აეროპორტი
IATA kodi: KUTICAO kodi: UGKO
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi/Operator United Airports of Georgia
Xizmat doirasi Kutaisi, Gruziya bayrogʻi Gruziya
Markazi Wizz Air
Dengiz sathidan balandligi 223 ft / 68 m
Koordinatalari 42°10′35″N 042°28′57″E / 42.17639°N 42.48250°E / 42.17639; 42.48250
Vebsayti kutaisi.aero
Xarita
KUT (Gruziya )
KUT
Aeroportning Gruziya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 2,500 8,202 Asfalt
Maʻlumotlar (2019)
Yoʻlovchilar soni 873,616
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi 18-19 41,51%
Manba: DAFIF[1][2]

Kutaisi xalqaro aeroporti (IATA: KUTICAO: UGKO) yoki David Binokor nomidagi Kutaisi xalqaro aeroporti[3] — aeroport Gruziyadagi uchinchi yirik shahar va mamlakat gʻarbidagi Imeretiya viloyatining poytaxti Kutaisidan 14 km (8.7 mi) gʻarbda joylashgan. Bu Gruziya poytaxtiga xizmat koʻrsatuvchi Tbilisi xalqaro aeroporti va Ajariya Qora dengiz kurorti yaqinidagi Batumi xalqaro aeroporti bilan bir qatorda Gruziyadagi uchta xalqaro aeroportdan biridir. Aeroportni United Airports of Georgia davlat kompaniyasi boshqaradi[4].

Aeroport 2011-yil noyabr oyida rekonstruksiya uchun yopilgan edi. Uning qayta ochilish marosimi 2012-yil 27-sentabrda boʻlib oʻtdi. Marosimda Gruziya Prezidenti Mixail Saakashvili, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban[5] va Wizz Air bosh direktori Jozsef Varadi ishtirok etdi[6].

Kutaisi aeroportining ustuvor yoʻnalishi arzon aviakompaniyalarni jalb qilishdir. 2012-yilda aeroport qayta ochilganidan soʻng yoʻlovchilar sonining sezilarli oʻsishi, asosan, Wizz Airning Kutaisi va Yevropa aeroportlari bilan bogʻlovchi faoliyati tufayli qayd etildi. Aeroportda 2013-yilda 187 939 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan[7]. 2016-yil fevral oyida Wizz Air Kutaisi aeroportida yangi bazani eʼlon qildi va 2018-yilda ikkinchi bazani qoʻshishni rejalashtirmoqda.

Hozirda aeroportni kengaytirish ishlari davom etmoqda[8], chunki aeroport 2020-yilda 1 million yoʻlovchini kutmoqda. Aeroport yaqinida Gruziya temir yoʻllari xizmat koʻrsatadigan, Tbilisi, Batumi va Gruziyaning boshqa shaharlari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl vokzali qurish rejasi 2018-yilda eʼlon qilingan edi[8]. 2022-yil aprel oyida Kopitnari bekatini modernizatsiya qilish tugallandi[9].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviakompaniya Manzillar
Belavia Minsk[10]
FlyArystan Aqtau, Atirau, Olmaota, Ostona, Chimkent
Red Wings Airlines, Rossiya bayrogʻi Rossiya Moskva-Domodedovo
Vanilla Sky Airlines, Gruziya bayrogʻi Gruziya Mestiya[11]
Wizz Air Abu-Dabi[12], GretsiyaAfina, IspaniyaBarselona, GermaniyaBerlin, FransiyaBove, VengriyaBudapesht, GermaniyaDortmund, PolshaGdansk, GermaniyaHan, GermaniyaHamburg[13], PolshaKatovitse, DaniyaKopengagen (2023-yil 1-dekabrdan boshlanadi[14], PolshaKrakov, KiprLarnaka, IspaniyaMadrid[13], GermaniyaMemmingen[15], ItaliyaMilan-Malpensa, PolshaPoznan[13], ChexiyaPraga, Riga, ItaliyaRim-Fiumichino, GretsiyaSaloniki, Tallin, PolshaVarshava-Shopen, AvstriyaVena, Vilnyus, PolshaVrotslav, BelgiyaSharlerua[13]

Yoʻlovchilar oqimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kutaisi xalqaro aeroporti yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi[7]
Yil Yoʻlovchilar soni Oʻzgarishi
2022
796,063
[16]
281.78%
2021
282,514
153.6%
2020
183,873
Decrease0078.9%
2019
873,616
0041.5%
2018
617,373
0052.4%
2017
405,173
0049.3%
2016
271,363
0048.3%
2015
182,954
Decrease0016.1%
2014
218,003
0016.0%
2013
187,939
1,353%
2012
012,932
0186%
2011
004,527
Decrease0040.3%
2010
007,446

Eng gavjum yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Top 5 muntazam yoʻnalishlar (2019)[17]
Oʻrni Aeroport Yoʻlovchilar soni Aviatashuvchilar
1 Varshava Shopen aeroporti 54 722 Wizz Air
2 Vena xalqaro aeroporti 52 319
3 Berlin Schönefeld aeroporti 50 804
4 Dortmund aeroporti 42 339
5 Katovitse aeroporti 42 081
  • Sobiq SSSRdagi eng gavjum aeroportlar roʻyxati
  • Gruziya aeroportlari roʻyxati
  • Gruziyada transport tizimi
  1. Airport information for UGKO (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) from DAFIF (effective October 2006)
  2. Aeroport haqida KUT Great Circle Mapper'da. Source: DAFIF (effective October 2006).
  3. „The President of Georgia opened the runway at the David the Builder Kutaisi International Airport“. Releases. The Administration of the President of Georgia. 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-avgust.
  4. United Airports of Georgia company website: http://airports.ge/
  5. N., Kirtskhalia. „Georgia's president, Hungarian PM to open new airport in Kutaisi“. Trend News Agency (2012-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.
  6. „Wizz Air запустил авиарейсы из Киева в Кутаиси“. Interfax-Ukraine (2012-yil 27-sentyabr). 2013-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 „Number of Passengers Served Kutaisi International Airport“. gcaa.ge. Civil Aviation Agency of Georgia. Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  8. 8,0 8,1 „Construction of New Terminal at Kutaisi International Airport to Start in August“. Georgia Today. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-yanvar.
  9. „Renovated railway station to connect passengers to Kutaisi airport in Georgia's west“. Agenda.ge (2022-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
  10. „Belarus airline Belavia launches Minsk-Kutaisi flights“ (en). Agenda.ge (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  11. „Flights to Mestia, Ambrolauri, and Batumi - Schedule and Prices“ (en). Mountain Stories (2022-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  12. „Abu Dhabi, Barcelona, Berlin, Vienna: New and restored flights from Georgian western Kutaisi airport“ (en). Agenda.ge (2021-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 „2023 წლის ივნისიდან Wizz Air ქუთაისის აეროპორტიდან 5 ახალი მიმართულებით იფრენს“ (2022-yil 13-dekabr).
  14. https://wizzair.com/#/ Andoza:Bare URL inline
  15. „Wizz Air to station two more airplanes in Kutaisi, add seven more flight destinations“ (en). Agenda.ge (2021-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  16. „According to total data for 2022, the number of flights recovered to the level of 88% from pre-Covid levels, whereas passenger count - to the level of 85% (in Georgian)“. Georgian Civil Aviation Authority (2023-yil 16-yanvar). 2023-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  17. „2019 წელს, ქუთაისის საერთაშორისო აეროპორტიდან ყველაზე პოპულარული მიმართულება ვარშავა იყო“ (ka). Avianews.ge. www.Avianews.ge (2020-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  • Rasmiy sayti Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  • Current weather for UGKO at NOAA/NWS
  • Accident history for KUT at Aviation Safety Network