Kursaviy Abu Vasr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kursaviy Abu Vasr (1776, Kursa, Tatariston — 1812, Istanbul) — is-lomdagi islohotchilik harakati va tatar maʼrifatparvarligining asoschisi. Mahalliy madrasada oʻqigan. 19-asr boshida Buxoroga kelib Niyozquli at-Turkmaniy (naqshbandiya — mujaddadiya tariqatining mashhur shayxlaridan biri) qoʻlida tahsil olgan. Buxoro madrasalaridagi oʻquv tizimini isloh qilish boʻyicha oʻz dasturini ishlab chiqqan. Aqoid va Kalom masalalarida Buxoro ulamolari bilan tortishib qolgan. Yirik ilohiyotchi olim Saʼdaddin atTaftazoniy (1390 yilv.e.) kitobiga yozgan sharhida K. oʻz fikrini oshqora bayon qilgan. 1808—09 yillarda Buxoro amiri Haydar huzurida boʻlgan ulamolar majlisida oʻz qarashlarini qatiyat bilan himoya qilsa ham, u dahriylikda ayblanib, qisqa muddat tutqunlikda saqlangan. Buxorodagi mudarris ustozlarining talabi bilan ozodlikka chiqarilgan. K. oʻz yurti — Qozon yaqinidagi Yuqori Kursa qishlogʻiga qaytib, mahalliy madrasada mudarris boʻlgan. U oʻz qarashlarini mashhur "Al-Irshod lil-ibod" risolasida bayon qilgan. Makkaga haj safari paytida Istanbulda vafot etgan va oʻsha yerda dafn qilingan.

K. gʻoyalari hayotlik chogʻida unchalik shuhrat topmagan. 19-asr 2-yarmida Marjoniyning asarlari orqali K.ning islom ilohiyotchisi va maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqatuvchisi ekanligi tan olingan. Turkistonda uning qarashlari keng tarqalgan va koʻplab tarafdorlari boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Islam v tatarskom mire: istoriya i sovremennost, Kazan, 1997; Islam va territorii bivshey Rossiyskoy imperii, vipusk-2, M., 1999.

Qahramon Rajabov, Revat Shigabutdinov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil