Kura–Araxes madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shengavit posyolkasidan Kura-Araxes sopol parchalari va obsidian

Kura-Araz madaniyati, yoki Kur-Araz madaniyati, Mtkvar-Araxs - madaniyati yoki Ilk Zaqafqaziya madaniyati miloddan avvalgi 4000-yildan 2000-yilgacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya[1]

boʻlib, u anʼanaviy ravishda tugash sanasi hisoblanadi, baʼzi joylarda u miloddan avvalgi 2600 yoki 2700-yillarda yoʻqolgan boʻlishi mumkin degan tahminlar ham bor[2]. Ushbu madaniyatning eng dastlabki dalillari Ararat tekisligida topilgan. Miloddan avvalgi 3000-yilga kelib Kavkazda shimolga tarqaladi[3].

Umuman olganda, dastlabki Transkavkaz madaniyati taxminan 1000 ga yaqin hududni oʻz ichiga qamrab olgan yaʼni 500 km ni tashkil etgan[4] va asosan Janubiy Kavkazning zamonaviy hududlarini (Gʻarbiy Gruziyadan tashqari), Eronning shimoli-gʻarbiy qismi, Kavkazning shimoli-sharqiy qismi, Turkiyaning sharqiy qismi va Suriyagacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga qamrab olgan[5].

Madaniyat nomi Kura va Araks daryolari vodiylaridan olingan. Kura–Araxes madaniyati baʼzan Shengaviyan, Karaz (Erzurum), Pulur va Yanik Tepe (Eron Ozarbayjon, Urmiya koʻli yaqinida) madaniyatlari sifatida ham taniib kelingan[6]. Bu Janubiy Kavkaz va Arman togʻlarining Levant va Trialeti-Vanadzor madaniyatida uchraydigan Xirbet Kerak idishlar madaniyatini keltirib chiqardi.

Avvalgi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kura-Araxes madaniy majmuasining shakllanish jarayonlari, uning paydo boʻlish sanasi va sharoitlari uzoq vaqtdan beri muhokama qilinib kelingan.

Shulaveri-Shomu madaniyati mintaqada Kura-Araks madaniyatidan oldin boʻlgan. Bu ikki madaniyat oʻrtasida juda koʻp farqlar bor edi, shuning uchun aloqa aniq holatda emas edi. Keyinchalik, Sharqiy Gruziyadagi Sioni madaniyati Shulaveridan Kura-Araks madaniy majmuasiga oʻtish davrini ifodalaganligi taxmin qilinadi.

Koʻpgina joylarda Sioni madaniyat qatlamlarini Shulaver-Shomu-Tepe qatlamlari va Kura-Araxes qatlamlari oʻrtasida vositachi ham sifatida koʻrish mumkin boʻladi[7]. Ushbu turdagi stratigrafiya miloddan avvalgi 4000-yillarda Sioni madaniyatining xronologik oʻrnini kafolatlaydi[8].

Kengayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kura-Araxs madaniyatining elementlari gʻarbga Erzurum tekisligidan tortib, janubi-gʻarbga Kilikiyaga va janubi-sharqga Van koʻli hududiga va Erondagi Urmiya havzasi ostidagi Godin Tepaga qadar oʻta boshlagan. Nihoyat, u hozirgi Suriya (Amuq vodiysi) va Falastingacha davom etdi yaʼni hududi kengligi shu yerga qadar choʻzilgan.

Metallurgiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuro-Araxes madaniyatining erta kengayishi (engil soya) Urartu (quyuq soya) kabi mintaqadagi keyingi madaniyatlarga nisbatan koʻrsatilgan.

Kulolchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kulolchilik

Ularning kulollari oʻziga xos edi. Savdo yoʻllari boʻylab kulolchilikning atrofdagi madaniyatlarga tarqalishi ularning mamlakatdagi har qanday yutuqlaridan koʻra koʻproq taʼsirli boʻlgan edi[3]. U geometrik naqshlar yordamida qora va qizil rangga boʻyab qoʻyilgan. Misollar sifatida janubda Suriya va Isroil, shimolda esa Dogʻiston va Chechenistonda topilgan namunalarni misol sifatida quyosh munkin[9]. Ushbu kulolchilikning tarqalishi, bosqinchilikning arxeologik dalillari bilan bir qatorda, Kura-Araks xalqi oʻz uylaridan tashqariga tarqalib ketgan va albatta, keng savdo aloqalari boʻlgan holatlarni boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Jaimoukhaning fikricha, uning janubiy kengliklari birinchi navbatda Mitanni va Hurrianslarga tegishli wknaligi haqida oʻz fikrini bildirgan[10].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Leyla-Tepa madaniyati
  • Tarixdan oldingi Ozarbayjon
  • Tarixdan oldingi Armaniston
  • Tarixdan oldingi Gruziya
  • Aşağımollahasan höyuk

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The early Trans-Caucasian culture, I.M. Diakonoff, 1984
  2. Edens, Christoper (Aug–Nov 1995). „Transcaucasia at the End of the Early Bronze Age“. Bulletin of the American Schools of Oriental Research. 299/300-jild, № The Archaeology of Empire in Ancient Anatolia. The American Schools of Oriental Research. 53, pp. 53–64 [56]-bet. doi:10.2307/1357345. JSTOR 1357345.
  3. 3,0 3,1 Edens, Christoper (Aug–Nov 1995). „Transcaucasia at the End of the Early Bronze Age“. Bulletin of the American Schools of Oriental Research. 299/300-jild, № The Archaeology of Empire in Ancient Anatolia. The American Schools of Oriental Research. 54-bet. doi:10.2307/1357345. JSTOR 1357345.
  4. The Hurro-Urartian people — John A.C. Greppin
  5. K. Kh. Kushnareva. [The Southern Caucasus in Prehistory: Stages of Cultural and Socioeconomic Development from the Eighth to the Second Millennium B.C." UPenn Museum of Archaeology, 1 Jan. 1997. ISBN 0-924171-50-2 p 44
  6. Rothman, Mitchell S. (2015). „Early Bronze Age migrants and ethnicity in the Middle Eastern mountain zone“. Proceedings of the National Academy of Sciences. 112-jild, № 30. 9190–9195-bet. Bibcode:2015PNAS..112.9190R. doi:10.1073/pnas.1502220112. PMC 4522795. PMID 26080417.
  7. Kighuradze T. 1998:19
  8. Guram Mirtskhulava, Guram Chikovani, PHASE OF TRANSITION TO THE KURA-ARAXES CULTURE IN EASTERN GEORGIA. Problems of Early Metal Age Archaeology of Caucasus and Anatolia. Proceedings of International Conference. Tbilisi, 2014
  9. The Pre-history of the Armenian People. I. M. Diakonoff
  10. Jaimoukha, Amjad. The Chechens. Pages 25-6