Kunjut haqida
Xalqimiz uzoq asrlardan buyon kunjutni sevib iste'mol qilishadi hamda turli kasalliklarni davolashda qo‘llashadilar.U O‘zbekistonda deyarli barcha viloyatlarida o‘stiriladi.Kunjut bir yoki ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, taxminan 35ta turi mavjud.Kunjutning vatani Afrika hisoblanadi.Hindiston,Xitoy,Misr,Gretsiya,Eron,Meksika va boshqa mamlakatlarda ham qadimdan ekiladi.Kunjut o‘simligining bo‘yi 80-140 santimetrgacha yetadi. Poyasi tukli,yashil yoki qizg‘ish,to‘rt-sakkiz qirrali bo‘lib,tik o‘sadi.O‘q ildizi 4 metrgacha chuqurga kiradi.Bargi oddiy,tekis yoki tishsimon qirrali bo‘lib,bandi bilan poyada ketma-ket va qarama-qarshi o‘rnashgan.Gullari yirik, 1-3,ba‘zan 5tadan joylashgan bo‘ladi.Kunjut iyun va iyul oylarida gullaydi,mevasi avgust va sentabrda yetilishi mumkin.Kunjut urug‘i pishganida o‘simlik o‘tib olinib,ochiq yerda quritiladi va yanchib urug‘i ajratiladi.Urug‘idan moy olish uchun yog‘-moy zavodlariga yuboriladi.Urug‘i tarkibida 47-61%gacha moy mavjud.Sifatiga ko‘ra zaytun moyiga yaqin turadi.Moyi ovqatga,oziq-ovqat sanoati hamda tibbiyotda ishlatiladi.Urug‘i shirinliklarga qo‘shiladi,non yuziga sepiladi.