Kukersit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kukersit — Boltiqboʻyi havzasining yonuvchi slanetsi. Yaxlit yoki pli-tasimon teksturaga, gil-karbovatli va sapropelitli tarkibga ega boʻlgan qiz-gʻish-qoʻngʻir rangli togʻ jinsi. Undagi organik moddalar (kerogen) miqdori 25 dan 65% gacha. Mikroskop ostida paleobotaniq M. D. Zalesskiy tomonidan qad. koʻk-yashil suvoʻtlari deb nomlangan oval shaklidagi 0,01— 0,08 mikron oʻlchamdagi koʻplab tanachalar koʻza-tiladi. Sifati boʻyicha K. dunyodagi yonuvchi slanetslar orasida eng yaxshisi sanaladi. Yonuvchi slanetslar muhim ki-myoviy va energetik xom ashyo hisobla-vadi. Ulardan organik sintezda, far-makologiyada, yoqilgʻi-moylash mahsu-lotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shuningdek, ularda reniy, molibden, vanadiy kabi bir qancha mikroelemen-tlar toʻplangan. Yonuvchi slanetslar Oʻzbekistonning jan.da turon va paleogen yotqiziqlarida ham mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil