Kudoʻnggarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kudo‘nggarlikdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Kudoʻnggarlik — toʻqilgan ipgazlama va shoyini hamda oshlab olingan charmni urib tekislash, silliklash va unga jilo berish (pardozlash) kasbi. K. bilan usta-kudoʻnggar shugʻullangan. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda qadimdan maʼlum. Us t a K. da toʻqmoqsimon yogʻoch asbob-kudoʻngdan foydalangan. K. kasbi ayrim joylarda (mas, Margʻilonda) kichik xususiy hunarmandchilik korxonalarida saqlanib qolgan. Hozir bu kasb toʻqimachilik korxonalarida pardozlash mashivalari zimmasiga yuklangan. Buning uchun gazlama agat, poʻlat, shisha, yashma (rangdor tosh)dan yasalgan gʻaltaqlar (roliklar) orasidan muayyan haroratda bosim ostida oʻtkaziladi. Shunda gazlama yoki charm sirti bir tekis, silliq va yaltiroq boʻlib chiqadi. Bu ishni maxsus presslarda ham bajarish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil