Kuchak madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Kuchak madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Kuchak oʻgʻlon
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Kuchak oʻgʻlon
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 10 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Kuchak madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan. Kuchak madrasasi XVI asrning ikkinchi yarmida Soʻzangaron guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Abdullaxon II davrida, Kuchak oʻgʻlon tomonidan bunyod etilgan. Soʻzangaron guzari manbalarda Kuchak oʻgʻlon guzari deb ham nomlangan. Madrasa toʻgʻrisida shoir Mutribiy Samarqandiy Asiriyga bagʻishlagan maʼlumotlarida keltirib oʻtgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatlarining birida madrasada faoliyat olib borayotgan mulla Shahobiddin va uning maoshi 7 tilla boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Bundan tashqari Sadr mufti askar Mir Badriddin arznomasida Kuchak madrasasida dars bergan mulla Abdulloh toʻgʻrisida ham maʼlumot keltirilgan boʻlib, maoshi 7 tillani tashkil etgan. Kuchak oʻgʻlon shayboniy Abdullaxon IIning sadoqatli odamlaridan biri boʻlgan. Kuchak oʻgʻlon 1583-yil Andijon va Fargʻonada shayboniy Mahdi sulton va Hodi sultonga qarshi olib borilgan kurashlarda Abdullaxon II ga katta yordam beradi. Bu davrda Kuchak oʻgʻlon 60 yoshni qarshilagan edi. U jasur, kuchli va saxovatli boʻlish bilan birga ilm-fanga katta eʼtibor qaratgan. Sadri Ziyo Abdulloh kotib madrasasida 10 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[2]. Kuchak madrasasi XX asrning boshlarida vayron boʻlgan[3]. Kuchak madrasasi 10 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122 bet.