Kuban-azov boʻyi pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kuban-Azov Bo`yi Pasttekisligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Kuban-azov boʻyi pasttekisligi, Kuban boʻyi pasttekisligi — Gʻarbiy Kavkaz oldidagi pasttekislik. Jan.da Katta Kavkaz togʻlari, sharqda Stavropol qirlari, gʻarbda Azov dengizi, shim.da Don va Manich daryolarining kuyi qismi bilan chegaralanadi. Asosan, RF Krasnodar oʻlkasida. Balandligi 100–150 m. Mezokaynozoy choʻkindi jinslari ustini lyossimon qumoq va gillar qoplab yotadi. Shim.-gʻarbida gaz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yillik yogʻin 400–600 mm. Landshafti qora tuproqli dasht. Shim. Kavkazning gʻallakor r-ni.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil