Kubachinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kubachinlar (oʻzlarini urbugan deb ataydilar) — Dogʻistonda yashovchi dargʻinlar tarkibidagi etnik guruh. Dogʻiston (Kubachi posyolkasi) da 2 ming kishi, RF da 4 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari) yashaydi. Dargʻin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Metallga badiiy ishlov berish bilan mashhur. Asbob, buyumlarni oʻyib, zarb berib, hallab, emallab, qimmatbaho, rangli toshlar qadab, inkrustatsiya usulida kumushni qoraytirib naqshlab bezatishgan. Vaqshlar oʻsimliksimon shakllardan iborat boʻlib, oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil