Kontent qismiga oʻtish

Ksenija Atanasijević

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ksenija Atanasijević
Tavalludi 5-fevral 1894-yil
Vafoti 29-sentyabr 1981-yil(1981-09-29)
(87 yoshda)
Belgrad, Yugoslaviya
Fuqaroligi Serbiya
Kasbi faylasuf, professor, tarjimon

Ksenija Atanasijević (Xenia Atanassievich; 1894-yilda tugʻilgan – 1981-yilda vafot etgan) – Serbiyada tan olingan birinchi yirik ayol faylasuf. Shuningdek, Belgrad universitetining ilk ayol professorlaridan biri. Belgrad universitetini tamomlagan. Giordano Bruno, qadimgi yunon falsafasi va serb falsafasi tarixi haqida yozgan. Shuningdek, Aristotel, Platon va Spinoza kabi muhim faylasuflarning asarlarini serb tiliga tarjima qilgan[1]. Serbiyaning ilk feministik yozuvchi va faylasuflaridan biri ham hisoblanadi.

Ksenija Atanasijević 1894-yil 5-fevralda Belgradda tugʻilgan. Olti farzandning kenjasi boʻlib, ota-onasi doktor Svetozar Atanasijević va Jelena Atanasijević (qizlik familiyasi Čumić) boʻlgan. Onasi Ksenijani dunyoga keltirayotgan vaqtida vafot etgan. Otasi esa Belgraddagi Davlat kasalxonasi direktori, obroʻli shifokor edi. Onasining qarindoshlari orasida mashhur belgradlik advokat, yozuvchi va siyosatchi Aćim Čumić ham bor edi. Kseniya 12 yoshga kirganda otasi ham vafot etgan. Ksenijaning vasiylik huquqi oʻgay onasi Sofija Kondićga oʻtgan. Sofija Belgraddagi Ayollar kolleji (Viša ženska škola)da dars bergan va Ksenijaning taʼlimini davom ettirishi uchun yetarlicha malakaga ega edi. Ksenija aynan Kondićdan falsafa boʻyicha ilk saboqlarni ola boshlagan. U juda tez va ishtiyoq bilan oʻrgangan, biroq oradan koʻp oʻtmay yana bir fojea yuz bergan, Ksenijaning akasi Birinchi jahon urushida halok boʻlgan.

Ksenijaning bolalikdagi eng yaqin doʻstlari shoira Rastko Petrović va uning opasi, rassom Nadežda Petrović edi.

Ksenija Atansijević falsafa, psixologiya, tarix va adabiyot sohalarini qamrab olgan 400 dan ortiq matnlar, jumladan, kitob va esselar yozib qoldirgan boy ilmiy meros egasi hisoblanadi. Uning falsafaga boʻlgan qiziqishi keng va eklektik boʻlib, axloq, metafizika, mantiq, estetika hamda falsafa tarixini oʻz ichiga olgan. Ksenija Atanasijević 1981-yilda Belgradda vafot etgan.

Tanlangan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Brunovo učenje o najmanjem, Belgrad, 1922.
  • Počeci filozofiranja kod Grka, Belgrad, 1928.
  • Filozofski fragmenti I-II, Belgrad, 1929–1930.
  • La doctrine métaphysique et géométrique de Bruno, Bg et Paris 1923.
  • L’Atomisme d’Epicure, Parij, 1928[2].
  • Un fragment philosophique, Belgrad, 1929.
  • Considération sur le monde et la vie dans la littérature populaire des Yougoslaves, Parij, 1929/1930.
  • Die gegenwärtigen philosophishen Strömungen in Jugoslawien – Der russische Gedanke, Internationale Zeitschrift für Philosophie, Bonn, 3, 1930.
  • Die Anfänge des Philosophiernes bei den Griechen, 1928.
  • Organon, tarjima.
  • Ethics, tarjima.
  1. Routledge encyclopedia of philosophy Edward Craig: . Taylor and Francis, 1998 — 51-bet. ISBN 0-415-07310-3. 
  2. L’Atomisme d’Epicure, Ksenija Atanasijević (Xenia Atanassievich), Document
  • Brunovo ucenje o najmanjem, Vreme, 1922
  • Star grcka atomistika, Ujedinjenje, 1927
  • La doctrine metaphysique de Bruno, Paris/Belgrade, 1933, published in English: The metaphysical and Geometric doctrine of Bruno, Translated by George Vid Tomashevich, St. Louis, Mo: W. H. Green, 1972
  • Sama pod suncem, 1939
  • Braca Eutidem i Dionisodor