Ksantogevatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ksantogevatlar (yun. xcanthos — sariq va gennao — tugʻaman) — ksantogen kislota ROC(S)SH hosilalari (tuz yoki efirlari). Umumiy formulasi:RO-C// \SR’R — uglevodorod radikali, R’ — metall (tuz) yoki uglevodorod radikali (efir). K. — oq-sariq rangli, qoʻlansa hidli barqaror birikmalar. Kaliy K.i rangli metallar rudasini boyitishda flotoreagent sifatida ishlatiladi. K. ichida ksantogʻevat sellyuloza muhim ahamiyatga ega. Vatriy gidroksid (NaOH) eritmasida suyultirilgan ksantogʻevat sellyuloza viskoza deyiladi va u viskoza tolalar va sellofan ishlab chiqarishda ishlatiladi. K. shuningdek, gerbitsidlar, insektitsidlar, foʻngitsidlar olishda, surkov moylariga qoʻshimcha, azotli oʻgʻitlarta ingibitorlar sifatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil