Kroʻzenshtern Ivan Fyodorovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kroʻzenshtern Ivan Fyodorovich (1770.8.11, Xagudi, Estoniya — 1846.12.8, Tallin) — rus dengizchisi, admiral (1842), Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1806). 1802 yil dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasiga (1803—06) boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya tarkibidagi "Nadejda" (komandiri K.) va "Neva" (komandiri Yu.Lisyanskip) kemalari 1803 yil 7 av-g .da Kronshtadtdan chiqib, 1804 yil martda Gorn burnini aylanib oʻtgach, Ganayi o.larigacha birgalikda soʻzdilar. Bu yerdan "Neva" Novoarxangelsk tomon, "Vadejda" esa Kamchatkaga, soʻng Yaponiyaga ketdi. 1806 yil ekspeditsiya Hind va Atlantika okeanlari orqali Kronshtadtga qaytib keldi. Sayoxat davrida birinchi marta keng miqyosda okeanografiya va meteorologiyaga oid tadqiqot ishlari oʻtkazildi. K. Kuril o.larining bir qismi, Saxalin va Kamchatka sohillari, Yaponiyaning ayrim orollari tabiatini oʻrgandi. K. sayohat tafeilotlarini, okeanologiya va etnografiya sohasidagi tadqiqot vatijalarini 3 jildli "Nadejda" va "Neva" kemalarida 1803, 1804, 1805 va 1806 yillardagi dunyo boʻylab sayohat" (1909— 12, 2-nashri, 1950) asarida bayon qilgan. K. 1823—26 yillarda 2 jildli "Janubiy dengiz atlasi" asarini nashrdan chiqardi. K. nomigaTinch okeandagi bir necha geografik obʼyektlar (boʻgʻoz, orol, togʻ va boshqalar) qoʻyilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Nevskiy V.V., Pervoye puteshestviye rossiyan vokrug sveta, M., 1951.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil