Kontent qismiga oʻtish

Kritika Kamra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kritika Kamra
Tavalludi 25-oktyabr 1988-yil (1988-10-25) (35 yosh)
Uttar Pradesh, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktrisa
  • model
Faoliyat yillari 2007-hozirgacha

Kritika Kamra (1988-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — hind kino va televideniye aktrisasi.[1]

Kritika Kamra Kitani Mohabbat Xay dasturida Arohi, Kuch Toh Log Kahengeda Doktor Nidhi, Reporters filmida Ananya va Prem Ya Paheli-Chandrakanta filmida Chandrakanta rollarini ijro etishi bilan tanilgan. 2014-yilda u Jhalak Dikhhla Jaa raqs realiti-shousida ishtirok etgan. 

Kritika Kamra 2018-yilda Mitron bilan birga rol ijro etib, Bollywood kino sanoatida debyut qilgan.[2]

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kritika Kamra Uttar-Pradesh shtatining Bareilli shahrida tugʻilgan[3] va oʻz ona shahri Ashoknagarda (Madxya- Pradesh) oʻsgan.[4] U boshlangʻich taʼlimni Suxpur shahridagi Anand boshlangʻich maktabida oʻqigan, u yerda otasi stomatolog, onasi esa Ashoknagardagi Shri Anandpur Trust xayriya kasalxonasida taom mutaxassisi va taʼlim boʻyicha mutaxassis edi. U, shuningdek, qisqa vaqt Ashoknagar, M.P. Tara Sadan Sr. maktabida oʻqigan va u oʻrta maktabini Uttar-Pradesh shtatidagi Kanpur shahridagi Sent-Jozef oʻrta maktabida tamomlagan va keyin oʻrta va oliy oʻrta taʼlimni Dehli davlat maktabida, Yangi Dehlida davom ettirgan.[5] Kritika Kamra yoshligidan har xil sport turlariga qatnashgan jumladan; basketbol, suzish va boks. Kritika Kamra maktab va kollejdagi musobaqalarda faol qatnashgan va yahshi natijalarga erishgan. U sportdan tashqari hayvonlarni ham sevadi va hayvonlarni asrab-avaylash faoli hisoblanadi. Keyin Kritika Kamra Milliy Moda Texnologiyalari Institutida modelikka oʻqishini davom ettirdi, lekin Yahan Ke Xum Sikandar filmi uchun rol oʻynaganligi sababli, birinchi kursdan keyin oʻqishni tark etgan.[6]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar Manba
2015 Best Girlfriend Sonali Qisqa metrajli film [7]
Dry Dreams Nomsiz [8]
2016 White Shirt Vani [9]
2018 Mitron Avni [10]

Onlayn-seriyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar Manba
2016 Friend Zoned Kompaniya boshligʻi [11]
I Donʼt Watch TV Oʻzi [12]
2021 Tandav Sana Mir [13]
2022 Kaun Banegi Shikharwati Kaamini Shikharwat/Princess Kaa [14]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kritika Kamra: I don't enjoy saas-bahu dramas“. The Times of India.
  2. „Telly queen Kritika Kamra talks about making her Bollywood debut with Mitron“. Time Now.
  3. Chakraborty, Debashish. „Kritika Kamra: Kritika Kamra latest photos, Style, Fashion Trends photos pics: These glamour-defining shots of the Mitron actress will melt your heart for good | Entertainment News“ (en). www.timesnownews.com (25-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 14-fevral 2020-yil.
  4. „Teacher’s Day special: I’d make sure I never cross paths with my mum at school, says Kritika Kamra“. Hindustan Times (5-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 5-iyul 2021-yil.
  5. „Born in Uttar Pradesh, Kritika completed her High school and higher secondary schooling from Delhi Public School, Vasant Kunj, New Delhi.“.
  6. „'You can call it my first major show'“ (en). Hindustan Times (4-fevral 2009-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  7. „The Internet success of Kritika-Vikrant's Best Girlfriend to set a series rolling“. The Times of India. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
  8. „Watch: Kritika Kamra kills Barun Sobti for water“ (en). India Today (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  9. „Kunal Kapoor and Kritika Kamra to feature in Short film 'White Shirt'“. Mid Day (24-iyun 2016-yil). Qaraldi: 14-fevral 2020-yil.
  10. „Kritika Kamra on Mitron: Couldn’t have hoped for a better Bollywood debut“ (en). The Indian Express (2018-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  11. „A twisted tale“ (en-IN). The Hindu (12-fevral 2016-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  12. „Trailer of 'I Don't Watch TV' web series launched – Watch it here“. Zee News (15-fevral 2016-yil). 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  13. „'Tandav': Saif Ali Khan, Dimple Kapadia, Sunil Grover, Mohd Zeeshan Ayyub, Kritika Kamra's character posters out“. DNA India (28-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
  14. „What Made Kritika Kamra Say Yes To ʻKaun Banega Shikharwati’“ (en). Outlook India (2022-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.