Kristine Yamaguchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristine Yamaguchi
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Tavallud sanasi 12-iyul 1971-yil
Kaliforniya AQSH
Boʻyi 155 sm
Sport
Qaysi sport figurali uchish
Murabbiy(lar)i Kristi Ness

Kristine Tsuya „Kristi“ Yamaguchi-Hedican (inglizcha: Kristine Tsuya "Kristi" Yamaguchi-Hedican; tugʻ. 1971-yil 12-iyul, Hayward, Kaliforniya, AQSh[1]) — amerikalik figurali uchuvchi, 1992-yilda Albertvilleda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida u ikki karra jahon chempioni (1991, 1992), AQSh chempioni (1992) va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni (1988) hisoblanadi. Konkida uchish boʻyicha u ikki karra AQSh chempioni (1989, 1990) va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni (1988).

2005-yil dekabr oyida Kristine Yamaguchi AQSh Olimpiya shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristine Yamaguchi Kaliforniyaning Hayvard shahrida Jim va Kerol Yamaguchi oilasida tugʻilgan. Uning otasi stomatolog, onasi esa tibbiy kotib edi. U Amerikadagi yapon diasporasining toʻrtinchi avlod vakili[2][3].

Kristi, akasi Brett va singlisi Lori singari, Kaliforniyaning Fremont shahrida oʻsgan. Oʻrta maktabning birinchi yilida u Mission San-Xose oʻrta maktabida oʻqigan, keyin Kaliforniyaning San-Jose shahridagi Willow Glen oʻrta maktabiga tugatgan. So'ngra, Kristi kollejda oʻqimagan.

Martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yildan Kristi va Rudi Galindo bilan juftlik konkida uchishni boshlagan. Rudi Galindo bilan birgalikda ular 1986-yilgi AQSh oʻsmirlar chempionatida juftlik konkida uchish boʻyicha birinchi oʻrinni egallashdi[4]. 2 yil oʻtgach, u yakkalik bahslarida birinchi oʻrinni egalladi va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Galindo bilan birga juftlik bahslarida birinchi oʻrinni egallashdi. 1989 va 1990-yillarda Yamaguchi va Galindo yana AQSh kattalar chempionatida juftlik konkida uchish boʻyicha 1-oʻrinni egalladilar[5]. Juftlik sifatida ular gʻayrioddiy edi, chunki ular ikkalasi ham yakka konkida uchishda, turli yoʻnalishlarda — Yamaguchi soat miliga teskari yoʻnalishda va Galindo — soat yoʻnalishi boʻyicha sakrash va aylanishda gʻayrioddiy mashqlar bajarar edilar.

1992-yilda Kristi qishki Olimpiya oʻyinlarining yakkalik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[6].

U yakkalik va juftlik konkida uchish boʻyicha AQSh chempionatida 1-oʻrinni egallagan birinchi ayol[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristi NHL futbolchisi Bret Xediken bilan turmush qurgan. Ularning ikkita qizi bor: Keara Kiyomi (2003- yil 1-oktabr) va Emma Yoshiko (2005-yil 16-noyabr)[8].

1996-yilda Kristine Yamaguchi bolalar uchun „Always Dream“ fondiga asos solgan[9].

Kristi yana bir mashhur amerikalik figurali uchuvchi Michelle Kwan bilan doʻst.

Sportdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar/mavsum 1987—1988-yillar 1988—1989-yillar 1989—1990-yillar 1990—1991-yillar 1991—1992-yillar
Qishki Olimpiya oʻyinlari 1
Jahon chempionatlari 6 4 1 1
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1
AQSh chempionati 2 2 2 1
Yaxshi niyat oʻyinlari 1
Gran-pri bosqichlari: Skate America 3 1 2
Gran-pri bosqichlari: Millatlar kubogi 1
Gran-pri bosqichlari: Trophee Lalique 2
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 2 2

Juftlik konkida uchish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 1984—1985-yillar 1985—1986-yillar 1986—1987-yillar 1987—1988-yillar 1988—1989-yillar 1989—1990-yillar
Jahon chempionatlari 5 5
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 5 3 1
AQSh chempionati 5J. 1J. 5 5 1 1
Gran-pri bosqichlari: Skate America 5 2
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 3 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]