Kristine Minde

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristine Minde
Kristine Minde in 2013
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud paytidagi ismi Kristine Wigdahl Hegland
Tavallud sanasi 8-avgust 1992-yil (1992-08-08) (31 yosh)
Tavallud joyi Bergen, Norvegiya
Boʻyi 1.69 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rosenborg
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Tertnes
Xalqaro medallar


Kristina Minde (turmush qurguncha Vigdal Heglann 1992-yilda 8-avgustda tugʻilgan), norvegiyalik futbolchi[2], Germaniyaning " Volfsburg " klubida ayollar Bundesligasida va Norvegiya ayollar jamoasida oʻynaydi. U avval vatani Norvegiyaning “ Arna-Byornar ” jamoasida oʻynagan[3]. Minde 2011-yildan buyon milliy terma jamoa bilan shugʻullanib, 2011 va 2015-yilgi jahon chempionatlarida hamda 2013-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. 2013-yil noyabr oyida u turmushga chiqdi va erining familiyasini oldi shu tariqa Kristina Minde boʻldi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bergenda[4] tugʻilgan Minde 14 yoshida "Arna-Byornar"da oʻynay boshladi va ularning eng koʻzga koʻringan futbolchilaridan biriga aylandi. 2013-yilgi ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Norvegiya terma jamoasida oʻynagach, unga Shvetsiya va Germaniya klublari qiziqish bildira boshladi. Minde Damallsvenskanda 2014-yilgi mavsum oldidan Shvetsiyaning Linköping jamoasiga qoʻshildi. Arna-Byornar ushbu transfer uchun toʻlov miqdorini oshkor etmadi, biroq klub uchun qoʻshimcha daromad juda foydali boʻlishini maʼlum qildi[5].

Jamoa karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar darajasida oʻynab yurgan Minde 19 yoshgacha boʻlgan Norvegiya terma jamoasiga sardori boʻlgan va 2008-yilda 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[6].

Kristina Minde Liza-Mari Vuds jarohati tufayli[7] qolib ketganidan soʻng, Norvegiya terma jamoasining 2011-yilgi Jahon chempionati uchun kattalar tarkibiga kiritilgan oxirgi futbolchi boʻldi. Minde turnirdagi debyutini Norvegiya terma jamoasining guruhdagi soʻnggi oʻyinida oʻtkazdi va Norvegiya 2:1 hisobida[8] gʻolibi boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan.

Minde Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Even Pellerud tomonidan 2013-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatiga chaqirilgan edi[9]. Norvegiyaliklarning ushbu turnirdagi birinchi oʻyinida Minde 26-daqiqada Islandiya darvozasiga gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi[10]. Minde Daniya bilan gʻalaba qozongan yarim finalning barcha 120 daqiqasini va Germaniyaga qarshi finalning 90 daqiqasini oʻtkazdi, oʻshanda norvegiyaliklar magʻlub boʻldi va chempionatning kumush medaliga sazovor boʻlgan.

Kristina Minde 2019-yil 17-iyun kuni Norvegiya terma jamoasi safida JCh-2019 doirasidagi 100-uchrashuvini oʻtkazgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linköping
  • Shvetsiya chempioni (2): 2016, 2017
  • Shvetsiya kubogi sohibi (1): 2014/15

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Divizion Liga Kubok Yevro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Arna-Byornar 2008 Tolpserien 21 2 0 0 - 21 2
2009 14 6 0 0 - 14 6
2010 22 3 0 0 - 22 3
2011 21 6 1 0 - 22 6
2012 21 5 4 0 - 25 5
2013 22 5 3 2 - 25 7
Jami 121 27 8 2 - - 129 29
Linköping 2014 Damallvenskan 21 5 4 2 4 1 29 8
2015 21 4 5 1 2 0 28 5
2016 22 11 5 0 - 27 11
2017 18 7 4 2 - 22 9
Jami 82 27 18 5 6 1 106 33
Volsburg 2017/18 Bundesliga 5 0 2 0 - 7 0
2018/19 11 6 2 0 4 1 17 7
2019/20 1 0 1 0 2 1 4 1
Jami 17 6 5 0 6 2 28 8
Karyerada jami 220 60 31 7 12 3 263 70

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2015 World Cup“. 14-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2015-yil.
  2. „Norway – K. Hegland – Profile with news, career statistics and history – Women Soccerway“. Nr.women.soccerway.com (8 августа 1992). 3 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  3. „Kristine Wigdahl Hegland's profil – fotball.no – Norges Fotballforbund“ (norvegcha). fotball.no (23 июня 2009). 22 февраля 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  4. „Norway Mediaguide 2013“. Норвежская футбольная ассоциация. 9 августа 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  5. BØyum, Kim. „Kristine Hegland til Linköping“ (norvegcha). Bergens Tidende (1 ноября 2013). 3 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  6. Atkin, John „Hegland: It's Norway's turn this time“. УЕФА (6 июня 2011). 3 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  7. „Landslagsdebutant inn i VM-troppen“ (norvegcha). TV 2 (Norway) (24 июня 2011). 2 декабря 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  8. Madsen, Christer „Kjempestort å få spille i VM“ (norvegcha). Норвежская футбольная ассоциация (14 июля 2011). 29 ноября 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  9. Aarre, Eivind „Pellerud 'excited' by Norway squad“. УЕФА (13 июня 2013). 2 октября 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.
  10. Haylett, Trevor „Iceland strike late to hold Norway to draw“. УЕФА (11 июля 2013). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 апреля 2020.