Kristina Şermetowa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristina Shermetova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (ayol)
Tavallud paytidagi ismi Kristina Şermetowa
Fuqaroligi Turkmaniston
Tavallud sanasi 25-may 1993-yil (1993-05-25) (30 yosh)
Ashxobod, Turkmaniston
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Vazni 55 kg (121 lb)
Sport
Qaysi sport (Og'ir atletika)

Kristina Shermetova (turkmancha: Kristina Şermetowa; 1993-yil 25-mayda Ashxobodda tugʻilgan) — turkmanistonlik ogʻir atletikachi[1]. Uning eng yaxshi natijalari Anaxaymdagi ogʻir atletika boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionatida kumush medali boʻlgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yil 25-mayda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tugʻilgan. Bolaligidan sport raqslari bilan shugʻullangan..2007-yilda otasining qiz oʻrtogʻi Ashxobodda qizlar uchun ogʻir atletika maktabi ochgani uchun ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan.

Kristina interyuda quyidagicha izoh bergan: „Men raqsga tushganimni aytsam, koʻpchilik ishonmaydi. Dadamning qiz oʻrtogʻi ogʻir atletika maktabini ochganda, dadam meni ham roʻyxatdan oʻtishimni talab qilgan. Avvaliga menda katta istak yoʻq edi, lekin keyin uning maslahatiga ishondim. Va hozircha qarorimdan afsuslanish uchun hech qanday sabab yoʻq.“

Birinchi murabbiyi—Armen Stepanyan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristina Shermetova 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida (oʻngdan birinchi)

Faoliyatidagi birinchi xalqaro muvaffaqiyati 2009-yilgi oʻgʻir atletika boʻyicha 48kg vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali boʻlgan.

Kristina jarohatlari tufayli 2015 va 2016-yilgi mavsumlarni oʻtkazib yuborgan.

2017-yil Kristina Şermetowa uchun muvaffaqiyatli boʻlgan. Sportchi ogʻir atletika boʻyicha 2017-yilgi Osiyo chempionatida 53kg vazn toifada uchinchi oʻrin sohibasi va 2017-yil Anaxaymdagi ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2021-yil iyul oyida 2020-yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkmaniston sharafini himoya qilgan. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida 6-oʻrinni egallagan[2][3].

Asosiy natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Hudud Ogʻirlik Urinishlar (kg) siltab koʻtarish (kg) Jami Natija
1 2 3 Rank 1 2 3 Rank
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston nomidan ishtiroklari
Olimpiyada oʻyinlari
2021-yil Yaponiya Tokyo, Yaponiya 55 kg 90 93 93 5 111 115 117 5 205 6
Jahon chempionati
2019-yil Tailand Pattaya, Tailand 55 kg 83 83 86 14 107 110 110 12 196 11
2018-yil Turkmaniston Ashxobod, Turkmaniston 55 kg 90 93 95 9 113 117 120 7 210 8
2017-yil Qoʻshma Shtatlar Anaheim, Qoʻshma Shtatlar 53 kg 88 91 91 3rd 109 111 113 3rd 204 2nd
Osiyo oʻyinlari
2018-yil Jakarta, Indoneziya 53 kg 88 91 93 1 110 113 116 3 206 2nd
Osiyo chempionati
2021-yil Oʻzbekiston Toshkent, Oʻzbekiston 55 kg 88 90 90 6 110 113 113 7 198 7
2019-yil Xitoy Ningbo, Xitoy 55 kg 63 68 72 12 98 104 6 172 8
2017-yil Turkmaniston Ashxobod, Turkmaniston 53 kg 78 81 81 5 100 104 106 3rd 182 3rd
2012-yil Janubiy Koreya Pyeongtaek, Koreya Respublikasi 58 kg 77 81 83 8 95 100 100 8 183 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kristina Şermetowa“. IWF.net. 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-avgust.
  2. „Шерметова заняла шестое место на Олимпиаде в соревнованиях по тяжёлой атлетике“. 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  3. „Women's 55 kg Results“. 2020 Summer Olympics. 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.