Krakatau arxipelagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Geokar/Umumiy tekshirishlar

Xato: blok «Koʻpchilik» andoza Geokarda yoʻq. Xato: blok «Koʻpchilik» andoza Geokarda yoʻq.

Krakatau arxipelagi
[[Tasvir:
Krakatau arxipelagi orollari
|280px|]]
Xarakteristikalar
Maydoni10.5 ming km²
Eng yuqori nuqtasi813 m
Aholisi0 kishi
Joylashuvi
Mamlakat{{bayroqikon/[Indoneziya]

| bayroqikon/bayroqikon | variant = | hajm =

}}
[Indoneziya] [[Andoza:JoyXarita [Indoneziya]|joy xaritaga]] ega emas.
Krakatau arxipelagi

Andoza:Mamlakatlar bo‘yicha aholi yashamaydigan orollar

Krakatau arxipelagi — Indoneziyaning Yava va Sumatra orollari orasidagi Sunda boʻgʻozida joylashgan Krakatau vulqoni otilishi natijasida yuzaga kelgan orollar toʻplami. 2018-yil holatiga koʻra, arxipelag toʻrtta asosiy oroldan iborat: Verlaten, Lang, Rakata va Anak Krakatu. Orollar Indoneziya orol yoyining bir qismi boʻlib, Hind-Avstraliya plitasi shimoli-sharqiy qismining choʻkishi natijasida shakllanib borgan. Orollarning hozirgi holga kelishida 1883-yil avgustda otilgan Krakatu vulqoni juda katta taʼsir koʻrsatgan. Arxipelagda odam istiqomat qilmaydi.

Siyosiy jihatdan Krakatau arxipelagi butunlay Indoneziyaning Lampung provinsiyasida joylashgan va u yerdagi Ujung Kulon milliy bogʻining bir qismini tashkil etadi.

Geologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1883-yilgi vulqon otilishidan keyin orollarning oʻzgarishi

Krakatau — Indoneziyada joylashgan faol vulqon boʻlib, Tinch okeanidagi olov halqasining gʻarbiy chekkasida joylashgan. Krakatau juda kuchli vulqon, 1883-yilgi otilishi esa jahon tarixida qayd etilgan eng falokatli va dahshatli vulqon otilishlaridan biri hisoblanadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi orollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Verlaten oroli — Verlaten juda past orol boʻlib, oʻrtasida tepalik bor. Janubi-sharqdagi (asosiy Krakatoa oroliga eng yaqin) yemirilish hamda1883-yilgi vulqon otilishidan ozroq zarar koʻrgan. Orolda odam yashamaydi. Oroldagi kichik shoʻr koʻl suv qushlari uchun boshpana hisoblanadi.
  • Lang oroli — baland tepalikka ega orol boʻlib, 1883-yilgi vulqon otilishida kam zarar koʻrgan. Orolga keyinchalik qoʻshilib borgan hududlar suv yuvib ketishi oqibatida yoʻqolib ketgan.
  • Rakata oroli — 813 metr (2,667 fut) balandlikka ega orol. Orolga yaqin Zond botigʻida Krakatau vulqoni joylashgan. Orolning oʻziga xos xususiyatlaridan biri qoyalarining tikligi hamda samodan qaralganda bu yerda „Krakatau koʻzi“ deb atalgan gʻaroyib yerning avjudligidir.
  • Anak Krakatau — 1883-yilgi vulqon otilishidan keyin ushbu orol suv ostida qolib ketgandi, ammo 1927-yil dekabr oyidagi otilishdan keyin orol okean sathidan ancha koʻtarildi hamda vulqondan otilgan kul va lavalarning qotishi natijasida orol hajmi kattalashib bordi. „Anak Krakatau“ indonez tilida „Krakatauning bolasi“ degan maʼnoni anglatadi. Orol 1930-yil avgustda hozirgi koʻrinishga keldi.

Avval mavjud boʻlgan orollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Poolsche Hoed oroli (gollandcha: „polyak shapkasi“) — 1883-yildagi otilishda vayron boʻlgan Krakatau va Lang oroli oʻrtasidagi sobiq kichik orol.Orolning koʻrinishi polyaklar XIX asrda kiygan uzun qalpoqqa oʻxshagani uchun golland dengizchilari unga shunaqa nom berishgan edi.
  • Kalmeyer oroli — Krakatoa oroli va Sebesi oʻrtasida, 1883-yilgi Krakatau otilishi natijasida hosil boʻlgan kul va lava qoldiqlaridan tashkil topgan sobiq orol. Orol juda past boʻlgan. Kalmeyer Steers orolidan biroz balandroq, eng balad nuqtasi 6,5 m boʻlgan. Dengiz suvlari taʼsirida orol yoʻq boʻlib borgan. Kalmeyer 1883-yil oktabr oyida tadqiqotchi Rojer Verbek tashrif buyurgan paytda oʻnlab kichikroq orollarga boʻlingan va ikki yil ichida butunlay yoʻq boʻlib ketgan.
  • Steers oroli — Krakatau oroli va Sebesi oʻrtasida, 1883-yilda Krakatau vuqoni otilishi natijasida vulqon mahsulotlaridan yaratilgan sobiq orol. Orol Kalmeyer singari dengiz toʻlqinlari taʼsiri ostida butunlay yoʻq boʻlib ketgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]