Kraft qogʻoz
Kraft qogʻoz (nemischa: Kraft — mustahkamlik) — zaif pishirilgan uzun tolali sulfat sellulozasidan tayyorlangan yuqori mustahkamlikka ega oʻrash qogʻozi. Yogʻochdan sulfat pulpalash jarayoni orqali ishlab chiqariladi, shuningdek, kraft jarayoni deb ham ataladi.
Kraft qogʻoz 1852-yilda AQShda ishlab chiqilgan[1]. Odatda kraft qogʻoz jigarrang rangda ishlab chiqariladi, lekin uni oqartirish ham mumkin.
Kraft qogʻoz turlari:
- jigarrang, oq yoki rangli;
- oʻrash uchun moʻljallangan;
- sumka sifatida;
- kraft-karton.
- U qadoqlash uchun, shuningdek, bardoshli va turgʻun boʻlishi kerak boʻlgan qogʻoz mahsulotlarini — gofrokarton, kraft sumkalar, sumkalar, konvertlar, qogʻoz iplar va boshqalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi[2].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Что такое крафтовая бумага?“ (ru). 26-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Что такое крафтовая бумага?“ (ru). 26-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-noyabr 2018-yil.