Koʻrsatuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻrsatuv (huquqda) - surishtiruv, dastlabki tergov va sudla hal qilivayotgan ishga oid biror ahamiyatli holatni aniqlash uchun shaxsning soʻroqda bergan tushuntirishi. K. ishdagi faktik maʼlumotlarni izoxlash, tahlil qilish, biror voqeaga va uning ishtirokchilariga aloqador fikr-mulohaza, vaj, taxmin va iltimos tarzida ham boʻlishi mumkin. Fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha sudda taraflar, 3-shaxslar, ularning qonuniy vakillari va guvoxlar, jinoyat ishlari boʻyicha esa — gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi, baʼzan ekspert soʻroq kilivadi. Soʻroqsa qonun talablariga qatiy rioya qilinishi shart. Jismoniy yoki ruhiy qiyvash, qoʻrqitish, aldash, huquq va erkinliklarini gʻayriqonuniy cheklash yoʻli bilan K. olishga jinoyat sifatida qaraladi va buning uchun jazo belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 235-modda). Bu yoʻl bilan olingan K. dalil hisoblanmaydi. Taraflar, 3-shaxs, ularning qonuniy vakillari daʼvoni quvvatlash yoki inkor etish uchun K. beradi. Gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchining K.i esa ularga eʼlon qilingan gumon yoki aybga oid boʻladi. K. berish ularning majburiyati emas, balki huquqi va oʻzini himoya qilish vositasidir. Shu bois ular K. berishdan bosh tortgani yoki bilaturib yolgʻon K. bergani uchun javobgar qilinmaydi, ammo soʻroqqa chaqirilganda kelishga majbur, aks holda militsiya orqali keltiriladi. Aybga iqrorlik mazmunidagi K. sinchkovlik bilan tekshirilishi lozim va faqat toʻgotangan boshqa dalillar bilan tasdiqlanganda inobatga olinadi. Aybga iqrorlik va qilmishdan sidqidildan poʻshaymonlikni sud jazo tayinlashda eʼtiborga olishi shart. Bu xil K. bergan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, baʼzi jinoyatlari uchun javobgarlikdan ozod etilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi JK 66’" modda).

Guvoh va jabrlanuvchining K. berishi — fuqarolik burchi hisoblanadi. Shu bois ular oʻzlariga maʼlum boʻlgan ish uchun ahamiyatli holatlar haqida K. berishdan bosh tortsa yoki bila turib yolgʻon K. bersa, qonunga binoan javobgarlikka tortiladi. Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli voqealarni idrok qilishga va ular haqida K. berishga layoqatsiz shaxs, shuningdek, sudda vakil yotsi himoyachi boʻlib qatnashgan shaxs guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas. Jinoyat ishi boʻyicha gumon ostidagi shaxs ayblanuvchining yaqin qarindoshlari faqat oʻz roziligi bilan guvoh yoki jabrlanuvchi tarzida soʻroq qilinishi va K. berishlari mumkin. Ekspert oʻz xulosasidagi ayrim nuqsonli, zid va noaniq jumla va iboralar haqida K. berishi mumkin. Barcha K.larga ishdagi dalillarga qiyoslagan holda baho beriladi.

Gʻafur Abdumajidov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil