Kozimiy Murtazo Mushfiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kozimiy Murtazo Mushfiq(1887 — ?) — Eron yozuvchisi. Zamonaviy fors nasrining asoschilaridan biri. "Erane javan" ("Yosh Eron") jur.da bosh muharrir boʻlib ishlagan (1926). Ijodiy faoliyati 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. K.ning birinchi yirikasari "Qoʻrqinchli Texron" (1922) romani hisoblanadi. Romanda Erondagi ijtimoiy hayot, xalq boshiga tushgan qiyinchiliklar, adolatsizliklar, ayollarning ogʻir qismati aks ettirilgan. Romanning 1-qismi "Mahuf" (1921) Tehronda, 2-qismi "Bir kecha xotirasi" (1924) Berlinda nashr etilgan. K. "Soʻligan gul", "Qimmatga tushgan rashk" va boshqa romanlar muallifi. Publitsistik asarlari, tarjimalari Eron adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutadi. "Koʻrqinchli Tehron"ning 1-qismi Fafur Gʻulom, 2-qismi Sotiboldi Yoʻldoshev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil