Koventina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koventina
Mifologiya keltlar mifologiyasi
Taʻsir doirasi Suv manbalari, Buloqlar
Jins ayol

Koventina (inglizcha: Coventina) — Romano-Britaniyaliklar maʼbudasi, buloqlar va quduqlarning homiysi. Buning dalili Angliyaning Nortumberlend grafligida, qadimgi Rim shaharchasi Kerrouburg[en] yaqinida joylashgan Adrian devorining bir qismidagi koʻplab yozuvlardir. Topilgan boshqa yozma maʼlumotnomalar, ikkitasi Rim Ispaniyasidan va bittasi Narbonna Galliyadan, ehtimol Koventinaga ham tegishli, ammo hali ham muhokama mavzusi boʻlib qolmoqda[1].

Quduq[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koventinaga sigʻinishni tasdiqlovchi dalillar hozirda „Koventina qudugʻi“ deb nomlangan buloqdan suv oqib chiqishi uchun qurilgan devor bilan oʻralgan hududda topilgan. Quduq bir vaqtlar Rim qal’asi va Adrian devori ichidagi aholi punkti boʻlgan, hozirda Kerrouburg nomi bilan tanilgan Prokolita, Brokolitiya yoki Brokolita deb ataluvchi joy yaqinida joylashgan. „Prokolita“ nomi V asrga oid Notitia Dignitatum hujjatida va „Brocolita“ esa VII asr Ravenna kosmografiyasida uchraydi[2]. Shuningdek, yaqin atrofida rimliklarning Mitraga eʼtiqod qilish ibodatxonasi va nimflarga nimfalarga bagʻishlangan ziyoratgohning xarobalari topilgan.

Quduqning oʻzi 2,6 × 2,4 m oʻlchamdagi toʻrtburchak chuqurlik boʻlib, uning atrofi 11,6 × 12,2 m devor bilan oʻralgan, ichki devorining qalinligi 0,9 m[3]. Quduq tubidan: Mark Antoniydan Gratiangacha boʻlgan turli xil imperatorlar davridan 13487 tanga; uchta suv nimfasi tasvirlangan barelyef; qandaydir erkak haykalining boshi; maʼbuda Koventinaning oʻziga bagʻishlangan ikkita tosh plita; Koventina va Minerva uchun oʻnta qurbongoh; ikkita loy tutatqi, shuningdek, koʻplab nazrlar topilgan[3].

„Koventina qudugʻi“ yaqinidagi qazish ishlarini ingliz arxeologi Jon Kleyton (ing. John Clayton) 1876-yilda amalga oshirgan[3]. Quduqdagi devorning qurilgan sanasi aniqlanmagan, taxminlarga koʻra, u Rim qal’asining qurilishi tugagandan soʻng qurilgan (davr: miloddan avvalgi 128-133-yillar). Adrian devori quduqni chetlab oʻtish uchun burilmaganligi sababli, bu quduq atrofidagi devor botqoqli hududdagi suv oqimini nazorat qilish uchun biroz vaqt oʻtgach qurilganligini anglatishi mumkin[1].

Tangalarni qoplagan toshloq tuproq qatlamining tabiati, shuningdek, ostidan quduq topilgan massaning oʻzi 388-yil atrofida undan foydalanish keskin tugaganligini koʻrsatadi. Ehtimol, bu qandaydir tarzda oʻsha paytdagi imperator Feodosiy I ning butparastlikka qarshi farmonlari bilan bogʻliqdir.

Qurbongohlar va ulardagi yozuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Koventinaning uch yuzi". „Angliyaning Muqaddas buloqlari anʼanasi“ dan hakkoklik tasvir.

Qazishmalar paytida bir nechta yozuvli qurbongohlar topildi, ularning baʼzilarida Koventinaning oʻzi nimfaning odatiy rimcha shaklida — oʻtirgan va qisman kiyingan tasvirlari bor. Ulardan birida Koventina uch xil tomondan yoki ikkita nomaʼlum qahramonlar bilan tasvirlangan[4].

Kerrouburg yaqinida Koventin haqidagi kamida oʻnta yozuv topilgan. Koventinaga bir nechta tosh qurbongohlar va ikkita sopol tutatqi oʻchoqlari bagʻishlangan. Bir tomonidagi yozuv misolida shunday deyilgan:

Deae Cov {v} entinae /

T D Cosconia / nvs Pr Coh / I Bat L M

“Ma’buda Koventinaga, Titus D. [noaniq] Koskonian, birinchi Bataviya kogortasining prefekti, ixtiyoriy va munosib ravishda [bu toshni bagʻishlagan].”

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 L. Allason-Jones and B. McKay, Coventinaʼs Well, Oxbow Books/The Trustees of the Clayton Collection, Chester Museum. Oxford, UK, 1985
  2. „The British section of the Ravenna Cosmology“. RomanBritain.co.uk. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „PastScape entry for Coventina's Well“. English Heritage (2007). 2017-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-aprel.
  4. Collingwood, R. G. and Wright, R. P. 1965. The Roman Inscriptions of Britain (RIB). Oxford, Clarendon Press. Available online Архивная копия от 19 июня 2006 на Wayback Machine

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tehomet.net — сборник исторических, археологических, фольклорных, теологических и литературных источников о Ковентине, а также фотографии археологических раскопок и найденных там артефактов.
  • Brocolita — ресурс Roman-Britain.co.uk.