Viktor Kovda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kovda Viktor Abramovichdan yoʻnaltirildi)

Viktor Abramovich Kovda (1904.29.12, Vladikavkaz — 1991.23.10, Moskva) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1943). Krasnodar qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1927). V. V. Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti shoʻrlangan tuproqlar laboratoriya mudiri (1931-39), Moskva universiteti professor (1939), tuproqshunoslik kafedrasi mudiri (1953-91), SSSR Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston filiali Botaniqa va tuproqshunoslik instituti direktori (1941—42), YUNESKOning Aniq va tabiiy fanlar departamenti direktori (1958—65; Parij), Rossiya Fanlar akademiyasi Agrokimyo va tuproqshunoslik instituti direktori (1970—80).

K.ning asosiy tadqiqotlari Rossiya, Xitoy, Lotin Amerikasi tuproqlarini oʻrganishga bagʻishlangan va jahon darajasida eʼtirof qilingan, shoʻrlangan tuproklarning kelib chiqishi, evolyusiyasi, geogr.si va melioratsiyasiga, gurunt suvlaridagi toʻz tarkibining shaqllanish qonuniyatlariga, ayrim mintaqalar va Yer sharining quruqlik qismi toʻz balansi masalalari, ularni haritaga tushirish ishlariga bagʻishlangan.

Uning rahbarligida "Jahon tuproq haritasi" nashr qilingan (1979). K. tuproqshunoslikka doir bir necha xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Solonchaki i solonsi, M.-L., 1937; Osnovi ucheniya o pochvax: kn. 1—2. M., 1973; Aridizatsiya sushi i borba s zasuxoy. M., 1977.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil